Hujjat bilan Vazirlar Mahkamasi ijro etuvçi tuzilmasida:
a) quyidagilar:
Özbekiston Respublikasi boş vaziri örinbosari - Özbekiston Respublikasi moliya vaziri lavozimi;
Özbekiston Respublikasi boş vazirining yoqilği-energetika va kimyo sanoatini rivojlantiriş masalalari böyiça maslahatçisi lavozimi;
Özbekiston Respublikasi boş vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantiriş masalalari böyiça maslahatçisi lavozimi;
Özbekiston Respublikasi boş vaziri maslahatçisi “Özagrotexsanoatxolding” AJ boşqaruvi raisi lavozimi;
Davlat aktivlarini boşqariş, sanoatni va raqobatni rivojlantiriş masalalari kotibiyati;
Yoqilği-energetika va kimyo sanoatini rivojlantiriş masalalari kotibiyati;
Qişloq xöjaligi maşinasozligini rivojlantiriş masalalari kotibiyati;
Xotin-qizlar va oilani qöllab-quvvatlaş, FHDYo organlari bilan işlaş masalalari kotibiyati tugatildi;
b) quyidagilar:
Özbekiston Respublikasi boş vazirining moliya-iqtisodiyot va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça örinbosari - iqtisodiyot va sanoat vaziri;
Özbekiston Respublikasi boş vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantiriş masalalari böyiça örinbosari;
Özbekiston Respublikasi boş vazirining sanoatni va kooperatsiya aloqalarini rivojlantiriş masalalari böyiça maslahatçisi lavozimlari kiritildi;
v) quyidagilar:
Yoşlar siyosati, madaniyat, ma'naviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat taşkilotlari masalalari kotibiyati Mahalla, oila va yoşlarni qöllab-quvvatlaş, madaniyat, ma'naviyat va jamoat taşkilotlari masalalari kotibiyati etib qayta taşkil qilindi va uning tarkibida Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş masalalari şö'basi taşkil etildi;
Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy özgartirişlar, moliya-bank tizimi va xususiy tadbirkorlik masalalari kotibiyati Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy özgartirişlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boşqariş, raqobatni rivojlantiriş, tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş va kambağallikni qisqartiriş masalalari kotibiyati etib qayta taşkil qilindi va uning tarkibida Kambağallikni qisqartiriş va aholining daromadlarini oşiriş bölimi taşkil etildi;













