Buxoro viloyati hokimi Öktam Barnoyev Boş vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantiriş masalalari böyiça örinbosari lavozimiga tayinlanişi kutilmoqda.
Deputat Rasul Kuşerbayevning xabar qilişiça, bugun ÖzLiDeP fraksiyasida Boş vazir tavsiyasiga asosan Buxoro viloyati hokimi vazifasida işlab kelgan Öktam Isayeviç Barnoyevni Boş vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantiriş masalalari böyiça örinbosari lavozimiga tasdiqlaş masalasi körib çiqildi.
Fraksiya a'zolari ÖzLiDeP a'zosi bölgan Öktam Barnoyev nomzodini uşbu lavozimga ma'qullaş haqidagi qarorni tasdiqlaşgan.
Endilikda nomzod Qonunçilik palatasining yalpi majlisida tasdiqlaş masalasi körib çiqiladi. Deputatlar tasdiğidan keyin Barnoyev prezident farmoni bilan hukumat a'zoligiga tayinlanişi mumkin.
Öktam Barnoyev 2016 yilning dekabridan buyon Buxoro viloyatiga hokimlik qilib kelmoqda. U 2008 yilning aprelidan 2010 yilning dekabrigaça Samarqand viloyati hokimi lavozimida faoliyat yuritgan. Undan oldin Qişloq va suv xöjaligi vazirining birinçi örinbosari bölgan.
Bundan oldinroq prezidentning «Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillaştirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qaroriga binoan hukumat ijro etuvçi tuzilmasida özgarişlar röy bergan, hujjat bilan boş vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantiriş masalalari böyiça örinbosari lavozimi joriy etilgandi.













