Anqara şahriga rasmiy taşrif doirasida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Hatay viloyatida barpo etilgan “Özbekiston” turar joy majmuasining oçiliş marosimida qatnaşdilar.

Tadbirda davlat rahbari uç yil oldin Turkiyada sodir bölgan vayronkor zilzila qardoş turk xalqi uçun oğir sinov bölganini ta’kidladi. Qayd etilişiça, Özbekiston uşbu fojiali davrning dastlabki kunlaridanoq Turkiyaga har tomonlama yordam körsatgan.

Qisqa muddat içida 100 nafar özbekistonlik qutqaruvçi va 70 nafar tibbiyot xodimi zilziladan jabrlangan hududlarga yetib bordi. Qidiruv-qutqaruv işlari davomida 18 kişi tirik holda qutqarib qolindi, 200 nafarga yaqin jabrlanganlar vayronalar ostida çiqarildi. Şuningdek, taşkil etilgan dala şifoxonasida 4 ming nafar bemorga tibbiy yordam körsatildi.

Marosimda Turkiya prezidenti taşabbusi bilan zilzila oqibatlarini bartaraf etiş böyiça keng kölamli dasturlar amalga oşirilayotgani alohida qayd etildi. Ma’lum qilinişiça, bugungi kunga qadar mamlakatda 455 mingdan ortiq uy-joy qurib bitkazilgan.

Özbekiston ham öz zimmasiga olgan majburiyatlar doirasida Hatay viloyatining Arsuz tumanida 300 dan ziyod töliq jihozlangan xonadondan iborat, jami 24 ta köp qavatli uyni öz içiga olgan, barça zarur infratuzilmaga ega zamonaviy turar joy majmuasini qisqa muddatda barpo etdi.

Turkiya prezidenti uşbu majmua nafaqat zilziladan jabrlangan oilalar uçun yangi uy, balki özbek va turk xalqlari örtasidagi abadiy döstlik va birodarlikning yorqin ramzi ekanini ta’kidladi.

Yetakçilar loyihani amalga oşirişda iştirok etgan quruvçilar, muhandislar, işçilar hamda barça hamkorlarga samimiy minnatdorlik bildirdi. Şundan söng davlat rahbarlari yangi xonadonlar kalitlarini ularning egalariga tantanali ravişda topşirdi.

Taşrif doirasida prezidentlar Istanbul şahrining Bekirkyoy tumanida özbek maktabi qurilişiga ham rasman start berdi. Uşbu ta’lim dargohi Özbekistonning xorijdagi birinçi maktabi böladi.