Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boysundagi konda yana avariya kuzatildi. Qurbonlar bor
Boysundagi «Mustaqillikning 25 yilligi» konidan yana vodorod sulfid sizib chiqdi. Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘iga ko‘ra, 2 kishi halok bo‘lgan, jarohatlanganlar ham bor.
Foto: Videodan kadr
Boysundagi «Mustaqillikning 25 yilligi» konida 17 sentabr kuni navbatdagi ofat ro‘y bergan. Buni Kun.uz muxbirining savoliga javob bergan mas’ullar tasdiqladi.
Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i O‘ktam O‘tayevning so‘zlariga ko‘ra, hodisa natijasida ikki kishi halok bo‘lgan, shuningdek, jarohatlanganlar bor. Tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
«Haqiqatan, kecha siz aytgan o‘sha noxush holat bo‘yicha, ikki nafar odam halok bo‘lgani bo‘yicha, voqea joyiga viloyat prokurorining o‘zi chiqqan. Hozirda tergovoldi tekshiruv harakatlari olib borilmoqda», dedi u.
Vafot etganlardan tashqari, jarohatlanganlar ham bor.
«O‘lim holati bo‘lgan. Ikki nafar shaxs o‘lgani to‘g‘risidagi holat bor. Yana tan jarohati olingan holatlar ham bor. Hozir tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda. Natijasi bo‘yicha sizlarga ma’lumot beriladi», dedi Bosh prokuratura xodimi.
Mavzuga oid
17:50 / 02.05.2026
Boysun suvlarida yana neft oqmoqda
11:04 / 30.04.2026
Denovda o‘lim bilan tugagan zo‘ravonlik yuzasidan 4 kishi qo‘lga olindi
16:20 / 29.04.2026
Denovda «Shakki» laqabli zo‘ravon bir yigitni urib o‘ldirgani aytilmoqda
16:35 / 28.04.2026