Hafta örtasida «Real» va «Barsa» Çempionlar ligasida yorqin öyinlar ötkazgandi. Jamoalar tom ma’noda «klasiko» arafasida bir-birini qörqitib qöyişga harakat qilgandi. Madriddagi öyinda kataloniyaliklar «Bavariya»ga qarşi öyindagi tarkibda tuşib kelişdi. «Real» futbolçilari esa bir kun köproq dam olganidan taşqari, maydon markazida Kamavinga va Tçuameni qaytişi mumkin edi.
Mehmonlarda mudofaa çiziği yuqori joylaştirilişi – öyin qanday keçişini belgilab berdi. «Real» muntazam ravişda «Barsa» himoyaçilari ortida oçilişga harakat qildi. Tezkor Mbappe muntazam ravişda uzatmalar bilan ta’minlandi. Fransuz hujumçisi tezkor gol urişiga bir baxya qoldi, keyin Belinghemga assist muallifi bölişi mumkin edi, keyin Vinisius bilan şunday vaziyat yuzaga keldi. Lekin u har safar ofsaydda böldi.
22-daqiqada Vinisius ofsayd tuzoğidan qoçib qoldi va u gol urişi lozim edi, ammo uning yaqin burçakka zarbasi öxşamadi. Lekin töp darvoza töriga borganida ham gol hisoblanmasligi mumkin edi. Hujum Tçuameni Pedriga qöpollik qilişi orqali boşlangandi. Bunday epizod kartoçkaga tortardi (sariq yoki qizil), ammo arbitr bu vaziyatni ötkazib yubordi, VAR hakamlari ham buni qizil emas deb topişdi va unga işora berişmadi.
30-daqiqada «Barselona» himoyaçilari oldinga çiqib ketganida gol ötkazib yubordi. Mbappe buni hissiyotga berilib nişonladi. Keyin esa u yana ofsaydda qolgani ma’lum böldi.
«Real» futbolçilari birinçi bölim davomida sakkiz marta (olti marta Mbappe) ofsaydga tuşişdi (butun öyin davomida 12 marta). Holbuki, oldingi 10 turda jami ofsayd holatlari soni – atigi 12 ta bölgandi. Şu bilan birga, bu raqamlar mezbonlar faolroq harakatlanganini körsatadi. Birinçi bölimda Kubarsi «Barselona»ning eng zaif nuqtasi edi. 17 yoşli markaziy himoyaçi hayajonlanayotgani yaqqol körinib turardi, şu tufayli bölim davomida bir neça xatoga yöl qöydi. «Barselona»da ham vaziyatlar böldi. Yamal amalda darvozabon bilan yakkama-yakka holatga çiqib bordi, ammo Luninni doğda qoldira olmadi, qolaversa, bu vaziyatda Mendi uning yaxşi zarba berişiga xalaqit qildi.
Mavzuga oid
Ikkinçi bölim mehmonlar Firmin Lopes örniga de Yong tuşirilişi bilan boşlandi. «Barsa»dan maydon markazida nazorat va aqlli yurişlar talab etilayotgandi. Reja kundek ravşan edi, ammo bu darhol effekt berişini Flik ham kutmagandi. «Real»ning tajribali himoyaçilari juda böş öyin körsatişdi va Levandovski ikki daqiqa içida dublga erişdi. Barçasi Mbappe töpni Kasadoga oldirişidan boşlandi, yoş yarimhimoyaçi darhol töpni markazdan Robertning yöliga taşlab berdi. Polyak hujumçisi yakkama-yakka vaziyatga çiqib bordi va yaqinlaşmasdan, burçakni aniq nişonga oldi. Bu vaziyatda Mendi ofsayd çiziğini uşlaşda xatoga yöl qöygan va ortda qolib ketgandi.
«Barsa»ning ikkinçi goli çiroyli köriniş oldi. Balde çap qanotdan töpni ideal oşirib berdi, Ryudiger va Militao jarima maydoni markazida yolğiz qoldirgan Levandovski burçakka aniq zarba yölladi – 2:0. Hafta örtasida madridliklar bunday hisobni yirik ğalabaga aylantirgandi, ammo «Borussiya» boş murabbiyi Nuri Şahindan farqli ölaroq, Flik xato almaştirişlar qilmadi. Bir neça haftalik tanaffusdan keyin qaytgan Olmo maydonga çiqişi bilan «Barselona» öyinni yanada yaxşiroq nazorat qila boşladi. Bir neça bor raqib futbolçilari, xususan Mbappe bilan yakkama-yakka vaziyatda qolgan Penya ham muhim seyvlarni amalga oşirdi.
Levandovski esa maydonni het-trik va hatto poker bilan tark etiş imkoniyatiga ham ega edi, ammo öta qulay pozitsiyalarda turib xato zarba berdi.
Öyin yanada oçildi va «Barselona» yana raqibni qarşi hujumda jazoladi. Rafinya öng qanotdan jarima maydoniga kirib kelgan Yamalni pas bilan ta’minladi, 17 yoşli futbolçi ötkir burçakdan turib yaqin töqqizlikni aniq nişonga oldi va «Real» muxlislariga futbolkasidagi öz familiyasini namoyiş etdi. U bu safar ham rekord qayd etdi — 17 yoşu 105 kunligida klasikoda gol urgan eng yoş futbolçi sifatida. Oldingi rekordçi Fati esa bu voqeaga zaxira örindiğida ötirib guvoh böldi.
Yakuniy ştrix – Rafinyaning masxaralovçi goli böldi. Bu mavsumda jamoa yetakçisi va sardoriga aylangan braziliyalik hujumçi hafta örtasida Noyyerga uçta gol urgandi, endi esa töpni Luninning ustidan oşirib, darvoza töriga taşladi.
Kataloniyalik muxlislar Yoxan Kroyf davridagi natijani kuta boşlaşdi. U «Barsa» futbolçisi sifatida 1974 yilda Madriddagi öyinda 5:0 hisobida ğalaba qozongandi. Tört gol farqi bilan oldinda borayotganida ham «Barselona» futbolçilari oldinga taşlanişda davom etdi va qarşi hujumlardan birida mezbonlarning tört vakili raqibning 7 futbolçisi qarşisida qolib ketişdi. Ammo hisob bu qadar şarmandali köriniş olmadi. Şunda ham Flik özining ilk klasikosida 40 yildan buyon, Terri Veneybls davridan buyon kuzatilmagan natijaga erişdi. «Real» bu oğriqli mağlubiyatdan keyin kataloniyaliklardan olti oçkoga ortda qolmoqda.
«Mançester Siti» kamida «Arsenal» va «Liverpul» örtasida yakşanba kuni ötkaziladigan öyin yakuniga qadar birinçi öringa kötarildi. Favoritlar mavsum boşidan buyon ğalaba qozona olmagan va turnir jadvalining oxirgi örnida joylaşgan autsayderga qarşi Holandning yagona goli bilan kifoyalangani biroz kutilmagan hol böldi. Norvegiyalik hujumçi APLda «şaharliklar» uçun 74 gol urib ulgurdi — bu aynan uning kelişi tufayli jamoani tark etgan Gabriel Jyezus 5 mavsum davomida urgan gollar sonidan bittaga köp. Holand uning emas, Agueroning rekordlarini birma-bir yangilamoqda. Şanba kuni Erling yana bir neça vaziyatni qöldan çiqardi, birinçi bölim oxirida esa mezbonlar uçun yoqimsiz vaziyat yuzaga keldi. Arçerning zarbasidan keyin töp tösinga tegdi va bu Ederson quruq öyinlari sonini 114 taga yetkazib qöyiş imkonini berdi. Braziliyalik posbon bu körsatkiç böyiça Şey Givenni ortda qoldirib, turnir tarixidagi 14-natijani qayd etmoqda. Ammo 202 öyinda darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan Çexning rekordigaça ança bor.
Çempionlar ligasini ideal ötkazayotgan «Aston Villa» (3 öyinda 3 ğalaba va birorta gol ötkazib yuborilmagan) kutilmaganda öz uyida kamtarona «Bornmut»ga qarşi öyinda oçko yöqotdi. Bu oqşom iş öxşamayotgani Duran bilan boğliq vaziyatda ham körindi. Odatda zaxiradan tuşib gol uradigan kolumbiyalik hujumçi Remsining ajoyib pasidan keyin raqib jarima maydoni markazidan turib noaniq zarba yölladi. Keyinroq birminghemliklar boşqa ikki joker yordamida gol urişdi — Beyli çap qanotdan uzatma berdi va Barkli uni darvoza töriga kiritib yubordi. Agar mezbonlarning minimal ustunligi saqlanib qolganida, öyindan keyin yana barça Unai Emeri qilgan özgarişlar natija bergani haqida gapirayotgan bölardi. Ammo arbitr tomonidan qöşib berilgan vaqt oxirida Evanilson Tavernening uzatmasiga boş bilan ideal zarba berib, «Villa Park»ni karaxt holatga soldi. Villaliklar tur yakunlariga köra top-4dan tuşib ketmasligi aniq, ammo bir haftadan keyin jamoa «Tottenhem» maydoniga safar qilişi vaziyatni qiyinlaştirişi mumkin.
Antonio Kontening minimalizmi natija bermoqda. Milliy jamoalar öyinlaridan keyingi oraliqda «Napoli» qatorasiga ikki öyinda minimal hisobda ğalabaga erişib, raqobatçilarning natijalaridan qat’i nazar, birinçi örinda qolişni kafolatladi. Qolaversa, bu raqobatçilar oçko yöqotişi tayin, çunki yakşanba kuni Milanda «Inter» va «Yuventus» özaro öynaydi. Neapoldagi öyinda esa hal qiluvçi şturm maydonga Kvaratsxeliya tuşganidan keyin taşkillaştirildi.
Gurjistonlik vingerning zarbasidan keyin burçak töpi belgilandi, Politanoning burçakdan uzatmasiga Maktominay zarba berdi, darvozabon birinçi zarbani qaytardi, ammo Di Lorenso töpni baribir törga kiritdi. Sardorning goli «Napoli»ga qatorasiga beşinçi uy uçraşuvida ğalaba qozoniş imkonini berdi, bunaqa start tarixda faqat ikki bor röy bergan. Konte Alberto Bigona (1989 yil) va Luçano Spallettining (2021 yil) grafigi böyiça ketmoqda. Bu mavsumlar esa neapolitanliklarning oxirgi ikki çempionligi röy bergan mavsumlardir.
Malen öyin boşida Girassining uzatmasi bilan hisobni oçadi, ammo yakunda «Borussiya» yutqazadi. Dortmundliklar jamoasining sönggi haftadagi sxemasi şunday işlamoqda, navbatdagi mağlubiyatdan keyin jamoa yevrokuboklarga yöllanma beruvçi örinlardan ortda bormoqda. «Real» va «Augsburg»ga qarşi öyinlardagi yana bir öxşaş jihat sifatida —natijani raqib safidagi töpurar qahramon hal qilganini aytiş mumkin. Madridda Vinisius Junior şunday vazifani bajargandi, bundesliga öyinida — fransuz Klod-Moris katta sahnaga çiqdi. Hozirda rotatsiya futbolçisi, u şanba kungi öyinga qadar faqat bitta gol urgandi. Ammo yaxşi sport formasiga çiqqan Klod-Moris şanba kuni boşlanğiç tarkibda tuşirildi va u uzoq masofadan yöllangan ikki zarbasi bilan öyinning borişini özgartirdi. Birinçi holatda aniq yöllangan zarbadan keyin Kobel «asalarilar»ni qutqara olmagan bölsa, mezbonlarga ğalaba keltirgan aylanma zarba — ijroçining mahorati va sovuqqonligini namoyiş etdi. Bu jihatlar sönggi daqiqalarda töpni darvozabonning öziga qarata tepgan Gittensga yetişmadi. «Borussiya» bu mavsumda safar öyinlarida qiynalmoqda, jamoa içki çempionatda safarda faqat bir marta durang öynab, uç öyinda yutqazdi.
«Leypsig» esa «Borussiya»dan farqli ölaroq, yevrokubokdagi mağlubiyatdan keyin öziga kela oldi. Qolaversa, tarkibdagi yöqotişlar bilan boğliq muammo ham hal qilingan, hafta örtasida «Liverpul»ga qarşi öyinda Simons ham jarohat olib, safdan çiqqan va Raum, Şlager va Zayvald safiga borib qöşilgandi. Turnir jadvalida qöşni bölib turgan raqibga qarşi öyinda öyin boşida Doen hisobni oçişiga qarşilik körsata olmagan himoyaçilar ikkinçi bölimda aybini yuvdi. Jamoa sardori Orban Henriksning uzatmasidan keyin markaziy hujumçi pozitsiyasida turib hisobni tenglaştirdi, Gertryuyda niderlandiyalik barça himoyaçilar kabi qanotdan jarima maydoniga kirib borib, Opendaning uzatmasiga yetib bordi. Keyinroq belgiyalik forvardning özi tezkor qarşi hujumda «Frayburg»ni uzil-kesil tasliq etdi. Marko Roze jamoasi yana birinçi öringa kötarildi va «Bavariya»ning yakşanba kungi öyini natijasini kutadi.
Habi Alonso Bremenga safar qiyin keçişini yaxşi tuşunardi, şu tufayli Çempionlar ligasida zaxiradan faqat Frimpong va Çaka tuşirildi, Andrih zaxira örindiğida qoldirildi, Bonifeys esa — Fransiyaga safar öyiniga ham bormagandi. Dam berilgan nigeriyalik hujumçi Frimpongning qanotdan uzatgan töpiga yetib borib, hisobni oçdi. Niderlandiyalik himoyaçi golni Adli futbolkasini namoyiş etgan holda nişonladi, u «Brest» bilan öyinda jiddiy jarohat olgan va faqat yanvar oxirida safga qaytişi mumkin.
Birinçi bölimni hisobda ustun holda yakunlaganiga qaramay, «Bayyer» bu daqiqalarni oson ötkazmadi va «Verder» yetakçisi Dukş muntazam ravişda şu kuni bundesligada leverkuzenliklar uçun 200 öyin ötkazgan ilk xorijlikka aylangan Gradetskiga iş topib berdi. Finlandiyalik posbon bir neça duelda ustun keldi, ammo ikkinçi bölimda nemis hujumçisi boş bilan töpni olis burçakka yöllaganida ojiz qoldi. Lekin mezbonlarning quvonçi uzoqqa çözilmadi va tinim bilmas Frimpong Aguni öz jamoasi darvozasini işğol etib qöyişga majbur qildi.
Mehmonlar «Verder» darvozasiga uçinçi golni urib, masalani hal qilib qöyişi mumkin edi, ammo Virsning zarbasidan keyin töp ustunga tegdi, asosiy vaqtning oxirgi daqiqasida esa Şmidtning zarbasidan keyin Gradetski qutqara olmadi. «Bayyer» ğalabani va «Bavariya»ni quvib ötiş imkoniyatini qöldan boş berdi, ammo baribir qöşimça körsatkiçlarga köra «Frayburg»ni ortda qoldirib, uçinçi öringa çiqdi. Jamoa bu örinni özida saqlab qolişi ta’qibçilar — «Union» va «Ayntraxt»ning özaro öyini natijasiga boğliq.
«Ipsviç» himoyaçisi Klark APLning bir öyinida avtogol urib, penalti tayinlanişiga sababçi bölgan hamda maydondan çetlatilgan 2-futbolçi böldi, bungaça bunday holat «Sauthempton» himoyaçisi Bednarek bilan ham röy bergandi..
«Atalanta» hujumçisi Retegi yangi jamoasi uçun dastlabki 9 öyinida 9 gol urgan 3-italiyalik böldi (uç oçkolik tizimga ötilgan davrda). Bungaça bu işni faqat «Sampdoriya» safida Vinçenso Montella (1996 yil) va «Fiorentina»da Luka Toni (2005 yil) uddalagandi.
Bu mavsumda «Vilyarreal» vingeri Ayose Peres 4 öyinda ğalaba golini urdi. Bundan köproq natija — faqat Levandovskida (5).
PSV 4-bor Niderlandiya çempionatida mavsumni 10 ğalaba bilan boşlamoqda. Eyndhovenliklar ötgan mavsumda ham şunday start olib, «Ayaks»ni ortda qoldirgan holda rekord örnatgandi.
Hujumçi Uelbek APL öyinlarida «Brayton» safidagi 29-golini urdi. Yana bir aniq zarba bilan u yozda «Borussiya»ga ötib ketgan Grossning natijasini takrorlaydi.
Sebastyan Hyoness «Ştutgart» boş murabbiyi sifatida bundesligadagi 50 öyinidan 29 tasida ğalabaga erişdi. Jamoa tarixida u bu borada faqat 1984 yilda çempionlikka erişgan Helmut Benthausdan pastroq natija qayd etgan.