Özbekiston prezidentining farmoniga muvofiq, muddatidan ilgari Özbekiston Respublikasi prezidenti saylovi 2023 yil 9 iyul kuniga tayinlandi.

«Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 110 va 128-moddalari hamda Özbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 66-moddasiga asosan 2023 yil 9 iyul kuniga muddatidan ilgari Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi tayinlansin.

Mazkur Farmon Özbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiga yuborilsin», deyilgan hujjat matnida.

Ma’lumot uçun, 30 aprel kuni Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga özgartirişlar kiritiş böyiça referendum ötkazilib, özgarişlarni 90 foizdan ortiq saylovçilar ma’qullaşdi. Konstitutsiyaga kiritilgan özgartirişlardan biri davlat boşqaruvidagi özgarişlar bilan boğliq bölib, unga köra, prezident vakolat muddati hozirgi 5 yildan 7 yilga oşirilişi belgilangan.

Bugun, 8 may kuni prezident Şavkat Mirziyoyev referendum yakunlari böyiça ötkazilgan uçraşuvda Özbekistonda muddatidan ilgari prezident saylovi ötkazilişini ma’lum qildi.