Prezident Şavkat Mirziyoyev Özbekistonda muddatidan ilgari prezident saylovi ötkazilişini e’lon qildi. Prezident matbuot kotibi Şerzod Asadov xabar berişiça, bu töğrisidagi farmonni davlat rahbari yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 128-moddasida mamlakat prezidentiga berilgan vakolatdan foydalanib imzolagan.

«Prezident bugun ikkita muhim farmonni imzolaganini e’lon qildi. Birinçi farmon yangilangan Konstitutsiyani hayotga joriy etiş, ijrosini ta’minlaş uçun uning mazmun-mohiyatini xalqimiz örtasida keng tarğib qiliş böyiça aniq vazifalarni nazarda tutadi.

Boş qonunimizning har bir bandi va moddasini jamiyatimiz, ayniqsa, yoşlarimiz uçun hayot qoidasiga aylantiriş, bu borada ularning tuşunça va tasavvurlarini kengaytiriş; har bir mahalla, ta’lim maskani, taşkilot va korxonada çuqur örganiş maqsadida öquv dasturlari, darslik va qöllanmalar yaratiş zarurligi körsatib ötildi.

Yangilangan Konstitutsiyaning 128-moddasida mamlakat prezidentiga berilgan vakolatdan foydalanib, davlat rahbari ikkinçi muhim farmonni imzoladi. Unga muvofiq, mamlakatda muddatidan ilgari prezident saylovi ötkaziladi», deyiladi xabarda.

Prezident bu qarorini izohladi.

«Bunday qarorga keliş uçun qanday obektiv zarurat bor, degan savol tuğilişi tabiiy, albatta. Nima uçun qolgan uç yarim yillik prezidentlik muddatidan öz taşabbusim bilan voz keçyapman?

Çunki, özingiz körib turibsiz, Asosiy qonunimizga muvofiq, birinçidan, hokimiyatning barça böğinlari isloh qilinib, ular örtasidagi munosabat va muvozanat jiddiy özgarmoqda. 

Ikkinçidan, yangilangan Konstitutsiyamiz Prezident, parlament, hukumat, vazirlar, hokimlar oldiga keçiktirib bölmaydigan yangi siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy vazifalarni qöymoqda.