Qayd etilişiça, sönggi vaqtlarda fuqarolardan Ukraina atrofidagi vaziyat böyiça ayrim masalalarga oydinlik kiritiş maqsadida murojaatlar köpaygan.
Taşqi işlar vazirligi bayonotiga köra, Özbekiston özining taşqi siyosatini amalga oşirişda milliy manfaatlarga, asosiy tamoyillar sanaluvçi, jumladan, oçiqlik, teng huquqlilik, suverenitet, hududiy yaxlitlikni hurmat qiliş, boşqa davlatlarning içki işlariga aralaşmaslik kabi ustuvorliklarga doimo sodiqdir.
Özbekiston mavjud vaziyatni xalqaro huquq normalaridan kelib çiqib siyosiy-diplomatik yöl bilan hal etiş uçun şartlarni imkon qadar tezroq işlab çiqiş tarafdori ekani aytiladi.
"Özbekiston hududiga kelayotgan Rossiya fuqarolari sonining köpayişiga töxtaladigan bölsak, ularning mamlakatimizda böliş masalasi, şuningdek, ehtimoliy ekstraditsiya qilinişi Özbekiston qonunçiligi, ikki tomonlama va köp tomonlama huquqiy hujjatlar asosida tartibga solinişini qayd etamiz", deyiladi bayonotda.
Şu bilan birga, huquqbuzarlik sodir qilmagan xorijiy davlat fuqarolari majburiy deportatsiya qilib yuborilmasligi aytilgan.
Bundan oldin, Qozoğiston safarbarlikdan qoçganlarni Rossiyaga topşirmasligi ma’lum qilingandi.
Bu haqda Qozoğiston içki işlar vaziri Marat Axmetjanov bayonotiga asoslanib, Orda naşri xabar berdi. Unga köra, Qozoğiston rossiyaliklarni topşirişi mumkin, biroq bu jinoyat sodir etganlikda ayblanib, xalqaro qidiruvga berilganlargagina tegişli böladi.
«Agar ularni harbiy komissarliklar qidirsa, bu - topşiriş uçun qonuniy asos böla olmaydi», — dedi Axmetjanov.
Öz navbatida, Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev Rossiyada Ukrainaga qarşi uruş fonida e’lon qilingan «qisman safarbarlik» tufayli mamlakatga Rossiya fuqarolarining ommaviy ravişda kelayotgani töğrisida ma’lum qildi.












