O‘zbekiston | 19:36 / 15.02.2023
66637
2 daqiqa o‘qiladi

“Dom” tomida “uchastka”. Toshkentlik fuqaro ko‘p qavatli uy tomida hovlili turar joy qurib olgani aniqlandi

Noqonuniy qurilishni 15 kunda buzib tashlash bo‘yicha ko‘rsatma berilgan.

Foto: Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

Yangihayot tumanida mulkdorlar ko‘p qavatli uyning tom qismidan noqonuniy ravishda uy qurib olgani ma’lum bo‘ldi. Holat ko‘p qavatli uylardagi noqonuniy qurilmalarni aniqlash tadbirlari davomida aniqlangan.

Foto: Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi
Foto: Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

Ta’kidlanishicha, tumandagi “Yangi turmush” MFYda joylashgan, “Megapolis building” MChJ tomonidan 2021 yil qurib bitkazilgan ko‘p qavatli uyning mansarda qismida mulkdorlar tomonidan noqonuniy ravishda qo‘shimcha uy qurilgan. Mazkur uyga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv tashkilotlarining bir necha bor ogohlantirishlari ham mulkdorlarni ushbu fikridan qaytarolmagan.

Foto: Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligiga ko‘ra, mulkdorlarga nisbatan ma’muriy chora ko‘rilib, noqonuniy qurilmalarni 15 kun ichida bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan.  

Foto: Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

Mavzuga oid