O‘zbekiston | 14:10 / 21.06.2023
14259
1 daqiqa o‘qiladi

IIV badiiy film suratga olish jarayonlaridagi sahnalar bo‘yicha izoh berdi

Jamoatchilik orasida tushunmovchilik va tahlika keltirib chiqargan holatlar aslida ichki ishlar xodimlari faoliyati haqidagi badiiy filmni tasvirga olish jarayoni bilan bog‘liqligi aytildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Sergeli tumanida bir guruh yigitlar yo‘l o‘rtasida harakatlanib kelayotgan mashinani to‘xtatib, ustiga chiqib bezorilik qilgani va unga o‘t qo‘yib yuborgani aks etgan videolavha tarqaldi. Mazkur videolavha tarmoq foydalanuvchilari o‘rtasida tushunmovchilik va tahlika keltirib chiqardi.

Aslida fuqarolar tomonidan tarqatilgan lavha Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti va O‘zbekiston Kinematografiya agentligi hamkorligida suratga olinayotgani “Uch qahramon” badiiy filmining s’yomka jarayonidan tushirilgan. Fuqarolarga bezorilik qilayotgandek ko‘ringan yigitlar esa rol o‘ynayotgan bo‘lgan.

Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti “Uch qahramon” filmini suratga olish jarayonida barcha xavfsizlik choralari ko‘rilayotganini bildirdi.

Mavzuga oid