Adliya vaziri örinbosari Xudoyor Meliyev Kun.uz’ga bergan intervyusida prezident farmon, qaror va farmoyişlari, byurokratiyani qisqartirişga qaratilgan hujjatlar, videoselektorlarda berilgan topşiriqlari ijrosini ta'minlaşdagi sustkaşlik uçun javobgarlik taşkiliy masalalargaça borib yetişi mumkinligini ma'lum qildi.

«Davlat rahbari topşiriqlari ijrosi nazorati IJRO.GOV tizimi orqali amalga oşirilmoqda. Bugungi kunda 4 mingdan oşiq hujjatlar – prezidentning farmon, qaror va farmoyişlari, şuningdek, protokol topşiriqlari IJRO.GOV tizimida mavjud. Bu hujjatlarda 60634ta topşiriq mavjud. Ulardan 47 mingdan oşiği yoki 78 foizi bajarilgan. 12856tasi esa bajariş jarayonida turibdi.

Bu sohada yangi iştirokçimiz. Davlatimiz rahbari joriy yilda parlamentga qilgan murojaatida bu masalaga töxtalib, aniq topşiriqlar bergandi. Ya'ni prezident hujjatlarining öz vaqtida va töliq ijro etilişini nazorat qiliş Adliya vazirligiga yuklatildi. Bu borada maxsus prezident farmoni ham qabul qilindi. Nafaqat hukumat tarkibidagi taşkilotlar, balki hukumat tarkibiga kirmaydigan boşqa taşkilotlarda prezident hujjatlari ijrosini nazorat qilmoqdamiz. Bu işlarni Vazirlar Mahkamasi va Hisob palatasi bilan birgalikda amalga oşirib kelyapmiz.

Sohada jadal islohotlar ketayotgani, şuningdek, qabul qilinayotgan hujjatlar soni köpligi uçun yeçimini kutayotgan ayrim savol va masalalar bor. Oxirgi paytlarda qanday özgariş böldi deb söraladigan bölsa, biz Adliya vazirligining hududiy boşqarmalari va tumanlardagi bölimlari orqali prezident hujjatlari joylarda qanday ijro etilayotganining nazoratini olib borişni yölga qöydik. Xodimlarimiz bu boradagi kamçiliklarni öz közlari bilan körib, qöllari bilan uşlagandan keyin bizga axborot berişmoqda. Ya'ni Adliya vazirligi qonunbuziliş holatlarini aniqlaş böyiça filtr vazifasini ötamoqda.

Adliya vaziri örinbosari Xudoyor Meliyev

Boşida hukumat tarkibidagi boşqa taşkilotlarda prezident hujjatlari ijrosini ta'minlaş vazifasi zimmamizga yuklatilganda hukumatdagilar bilan örtamizda qandaydir savollar yuzaga kelişi mumkinligidan deb öylagandik. Lekin buning aksi böldi. Hukumat rahbariyati, ijro etuvçi apparat boşliği tomonidan bu masalada bizga yaqindan yordam berilmoqda. Natijada biror topşiriq bajarilmay qolsa yoki bajarilmaslik xavfi yuzaga kelsa, biz hukumatga vaqtida ma'lumot kirityapmiz. Deyarli har haftalik hukumat yiğilişlarida bu masalalar tanqidiy muhokama qilinadi.