2023 yil 20 fevral kuni jinoyat işlari böyiça Konimex tuman sudi Navoiy viloyati Zarafşon şahrining sobiq hokimi Anvar Rajabov hamda 2017-2021 yillarda şahar hokimi örinbosari lavozimida işlagan Asliddin Fayziyevga oid jinoiy işni körib çiqqan. Har ikki mansabdor Jinoyat kodeksining 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qiliş) hamda 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan ayblangan.

Sud hukmi bilan Anvar Rajabov va Asliddin Fayziyevga 2 yil 6 oy hokimiyat tizimida mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida işlaş huquqidan mahrum qilgan holda 3 yil 6 oy ozodlikni çeklaş jazosi tayinlangan.

7 sentabr kuni sobiq hokim va uning örinbosari işi Navoiy viloyati sudi jinoyat işlari böyiça sudlov hay’ati tomonidan apellyatsiya tartibida körib çiqilgan. Navoiy viloyati sudi matbuot xizmatining Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, sud ajrimiga asosan hokimning yer ajratişi bilan boğliq 4 ta epizod javobgarlikka tortiş muddati ötganligi sababli ayb epizodidan çiqarib taşlangan. Birinçi instansiya sudida tayinlangan jazo esa özgarişsiz qoldirilgan.   

Anvar Rajabovning sudlanişi tadbirkorlarga auksionsiz yer berilişi bilan boğliq bölişi mumkin. Kun.uz 2022 yilning yanvar oyida ayni şu masalada öşa paytda şahar hokimi bölgan Anvar Rajabov tergovga çaqirilgani haqida xabar bergandi. 

Öşanda Navoiy viloyat prokuraturasi tomonidan Zarafşon şahar hokimligi mansabdor şaxslariga nisbatan jinoyat işi qözğatilgani, hokimlik mansabdorlari 5,31 gektar yer uçastkalarini 7 nafar tadbirkorga ajratib beriş orqali davlat mulkini özlaştiriş yoki rastrata qiliş yöli bilan talon-toroj qilişda gumonlanayotgani ma’lum bölgan edi.

Anvar Rajabov 2018 yil 25 may kuni Zarafşon şahar hokimi lavozimiga tayinlangan hamda 2022 yil 19 aprelida prezident raisligida ötkazilgan videoselektor yiğilişida lavozimidan olingandi.