Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida mahallabay işlaş tizimi natijadorligini oşiriş hamda aholi bandligini ta’minlaş masalalari yuzasidan videoselektor yiğilişida tizimdagi oqsoqliklar qat’iy tanqid qilindi.
«Hali 40 foiz mahallada hokim yordamçilarining işida natija köringani yöq.
Misol uçun, 450 ta mahallada işsizlik darajasi 20 foizdan yuqori.
Bunday mahallalar soni Toşkent viloyatida – 59 ta, Farğonada – 52 ta, Andijonda – 45 tani taşkil etib, qolgan hududlardan köp», dedi prezident.
Şu munosabat bilan Toşkent şahar hokimi, birinçi örinbosari va soliq boşliği qat’iy ogohlantirildi. Farğona va Xorazm viloyatlari hokimlari 1-örinbosarlari lavozimiga loyiqligini körib çiqiş topşirildi.
Şuningdek:
- Oltinköl tumani, Zarafşon şahri hokimlari;
- Bekobod, Oqqörğon, Kosonsoy, Nişon, Izboskan, Qörğontepa, Şovot, Törtköl, Tomdi, Töraqörğon, Qumqörğon, Farğona tumanlari, Navoiy, Kattaqörğon şaharlari hokimlarining 1-örinbosarlari;
- Karmana, Foriş tumanlari prokurorlari;
- Yangiyer, Şahrisabz şaharlari, Foriş tumani IIB boşliqlari;
- Nurota, Muzrabot, Şahrisabz, Mirzaçöl tumanlari soliq boşliqlari;
- respublikadan 11 nafar vakil lavozimidan ozod etildi.

















