Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev ijtimoiy tarmoqda römol masalasidagi muhokamalar yuzasidan munosabat bildirdi.
30 sentabr kuni Köksaroyda ötkazilgan boks böyiça jahon çempionati sovrindorlariga davlat mukofotlarni topşiriş marosimi vaqtida prezident Özbekistonda römolga heç kim heç qaçon taqiq qöymasligini ma'lum qildi.
«Ijtimoiy tarmoqlarda turli masalalar kötarilyapti.
Qanday yaraşadi özbekona römollar. Qanday yaraşadi özbekona kiyinişlarimiz. Şu turişingiz muqaddas özbek onasi timsoli. Mehrli onamiz, singillarimiz mana şunday yurişiga heç kim heç qaçon qarşi bölmaydi Özbekistonda.
Mana hammamizning buvilarimiz ötgan, hayot onalarimiz bor, ularning kiyinişiga qarab hammamiz havas qilamiz, men ham siz bilan mana şunday öğil tarbiyalaganingiz uçun, siz bilan samimiy körişganimdan baxtiyorman. Siz baxtiyor onasiz, men baxtiyor prezidentman siz orqali», degan prezident marosim vaqtida boksçi Miraziz Mirzaxalilovning onasini kuzatar ekan.
Eslatib ötamiz, sönggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Farğona viloyati hokimi Şuhrat Ğaniyevning majlis vaqtida römol va soqol masalasidagi gaplari audiosi keng muhokama qilinayotgandi.
Farğona viloyati hokimi selektor davomida turk insvestorining soqolini olişni buyurgan, viloyatdagi iş joylarida namoz öqişga şaroit yaratiladigan holatlar aniqlansa, öşa korxona rahbariga jinoyat işi oçilişini aytgani, şuningdek, oldida kim bölişidan qat'i nazar römol örab olgan ayolga közi tuşsa, uning römolini öşa tuman hokimi oğziga tiqib qöyiş bilan tahdid qilgan.
Bugun, 30 sentabr kuni Oliy Majlis Senatining Reglament va odob komissiyasi yiğilişida senator Şuhrat Ğaniyevning masalasi körib çiqildi. Yiğilişda Şuhrat Ğaniyev aybini tan oldi, unga qattiq ogohlantiriş va 3 oy sinov muddati berildi.












