«Tramp meni o‘ldirish haqida buyruq bergan». Maduro qator keskin bayonotlar bilan chiqdi
Venesuela prezidenti Nikolas Maduroning iddao etishicha, Amerika yetakchisi Donald Tramp uni o‘ldirish haqida buyruq bergan.
«Shubhasiz, Donald Tramp meni o‘ldirish haqida buyruq berib, Kolumbiya hukumati, Kolumbiya mafiyasiga meni o‘ldirishlari kerakligini aytgan. Agar men bilan biror narsa sodir bo‘lsa, unda Donald Tramp va Kolumbiya prezidenti Ivan Duke bu narsalar uchun javobgar bo‘ladi», - dedi u RIA Novosti’ga bergan intervyusida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, u dindor kishi sifatida o‘z taqdiri yaratganning qo‘lida ekanligiga ishonadi.
Shuningdek, Maduroning ta'kidlashicha, uni yaxshi himoya qilishmoqda.
Bundan tashqari, Nikolas Maduro AQShning mamlakatdagi asosiy maqsadini aytdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh Venesuela neftini olishni rejalashtirmoqda.
«Biz dunyodagi eng yirik oltin zaxiralari bo‘ladigan narsani sertifikatlashtirmoqdamiz, biz dunyoda to‘rtinchi eng yirik gaz zaxirasiga egamiz, olmoslar katta zaxiralari, ichimlik suvi, alyuminiy, temir, koltanning juda yirik zaxiralari bor», - dedi u.
Ikkinchi sabab sifatida u mafkurani keltirgan - «Simon Bolivar namunasi, g‘oyasi, ruhini yo‘q qilish».
Maduro muxolifat bilan muzokaralar stoliga qanday shartda o‘tirishga tayyor ekanini ham aytdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu xalqaro vositachilar ishtirokida sodir bo‘ladi.
«Men Venesuela manfaatlari yo‘lida - uning tinchligi va kelajagi haqida gaplashish uchun muxolifat bilan muzokaralar stoliga o‘tirishga tayyorman», - deya ma'lum qildi Maduro.
Maduro AQSh prezidentining milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Jon Boltonni yon daftarcha bilan bog‘liq voqea tufayli infantilizmda (organizmning yetilmay qolishi, katta odamlarda yosh bolalarga xos jismoniy va ruhiy holatlarning saqlanishi - tah.) ayblagan.
«Jon Bolton qilgan narsa - bu infantilizm, masxarabozlik. Yon daftarcha bilan chiqib, u, xuddi AQSh prezidenti Jon Bolton Kolumbiyaga qo‘shinlar yuborishini o‘qishlari uchun. Bu bema'nilik, masxarabozlik», - deya ma'lum qildi Maduro.
U voqeani provokatsiya, Boltonning xatti-harakatini esa yosh bolalarga xos va ahmoqona, deb atadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Maduro Putinga minnatdorchilik bildirgandi.
Mavzuga oid
20:37 / 24.10.2024
Saxarov mukofoti Venesuela demokratik harakati yetakchilariga berildi
21:35 / 15.10.2024
Maduro Ilon Maskni Venesuelada davlat to‘ntarishiga urinishda aybladi
19:56 / 13.10.2024
Venesuela hukumati jurnalistlarning xorijga chiqish pasportlarini tortib olayotgani ma’lum bo‘ldi
20:30 / 24.09.2024