Venesuela prezidenti Nikolas Maduro ma'lum qilişiça, muxolifat yetakçisi Xuan Guaydoning xatti-harakatlari davlat töntarişini ilgari suriş va konstitutsiyani buziş sanaladi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

«Boş prokuratura harakat qilişi kerak va u buni boşladi, Oliy sud harakat qilişi kerak - u ham harakatni boşladi. Faqat prokuratura va sudlar qarori Venesuela yuridik tizimida ijro etiladi», - deya ta'kidlab ötdi u.

Avvalroq, Venesuela Oliy sudi özini mamlakat muvaqqat prezidenti sifatida e'lon qilgan Xuan Guaydoning davlat hududidagi bank hisoblarini bloklab qöydi.

Bundan taşqari, Oliy sud tergov tugallanmagunga qadar siyosatçiga mamlakatni tark etişni taqiqladi.

Xuan Guaydo
Foto: REUTERS/Carlos Garcia Rawlins

Şuningdek, Nikolas Maduroning ma'lum qilişiça, mamlakat bundan keyin ham Rossiyadan eng zamonaviy qurollar olişni davom ettiriş niyatida.

«Biz havo mudofaasi, artilleriya, raketa texnikasini yaxşilaş uçun hamkorlikni rivojlantirişni rejalaştirmoqdamiz. Biz har doim bu jihatdan oldinga intilamiz. Dunyodagi eng zamonaviy qurollar Venesuelaga keltirilişda davom etadi», - dedi Maduro.

Uning sözlariga köra, bunday qurollar Rossiyadan muntazam ravişda yetib kelmoqda.

Maduroning qöşimça qilişiça, «bu yerda heç qanday ğayrioddiy narsa yöq».

Bundan taşqari, Nikolas Maduroning sözlariga köra, uning mamlakati Rossiyaga yordam uçun doimo minnatdordir.

Uning qöşimça qilişiça, prezident Vladimir Putin «har doim Rossiyadan har tomonlama yordam bergan».

«Men prezident Putindan söragan narsa - bizning doimiy aloqalarimiz davom etişi, BMTda diplomatik va siyosiy jihatdan qöllab-quvvatlov bölişi hamda Venesuela haqiqatini xalqaro miqyosda himoya qiliş haqida», - dedi Maduro.