Yangi mobil operator O‘zbekistonda ishga tushiriladi

Foto: Denis Grishkin
O‘zbekistonda yangi mobil operator paydo bo‘ladi, ehtimoliy brend hamkorlar qatorida Vodafone bor, deb ma’lum qildi tadbirkor Farhod Mamajonov. Kompaniya 5G Standalone tarmog‘ini qurib, ishga tushiradi. Investitsiya hajmi 250 million yevroni tashkil etishi mumkin, loyihani 2025 yil boshida ishga tushirish kutilmoqda. Bu haqda UzTex Group to‘qimachilik kompaniyasi asoschisi, InfinBankning asosiy aksiyadori va boshqa bizneslar egasi bo‘lgan tadbirkor Farhod Mamajonov 20 avgust kuni Nukusda prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan muloqoti chog‘ida ma’lum qildi.
Farhod Mamajonov investitsiya hajmi 250 million yevroni tashkil etishini aytdi. Loyiha 2025 yilning birinchi choragida ishga tushishi va 1000 ta ish o‘rni yaratilishi kerak.
Finlyandiyaning Nokia kompaniyasi ham loyiha doirasida uskunalar va texnologiyalar yetkazib beruvchi sifatida ishtirok etadi.
"Bu texnologiyalar allaqachon yetib kelmoqda, o‘rnatish ishlari davom etmoqda. Ushbu loyihani amalga oshirish uchun biz Uzpromstroybank orqali Finlyandiya Eksport agentligidan 100 million yevro investitsiya jalb qildik. Biz 150 million yevrani o‘zimiz tashkilotchilar sifatida jalb qilmoqdamiz... Hozirga qadar O‘zbekistonda xorijiy va davlat [mobil] kompaniyalari bor edi, endi esa biz milliy mobil operatorni yaratmoqdamiz," — dedi u.
"Emirates Telecommunications Group Company (e& — Etisalat and) — BAAdan texnologik guruh — loyiha doirasida texnik hamkor sifatida ishtirok etadi", - u ta’kidladi.
Tavsiya etamiz
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘l tunneli qurilishi boshlandi
Jahon | 17:12 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qozog‘iston investorlar uchun yangi «oltin vizalar»ni joriy etmoqda
Jahon | 23:15
-
Toshkentda to‘rtta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Jamiyat | 22:33
-
Eronda Isroil foydasiga josuslik qilishda ayblangan shaxs qatl etildi
Jahon | 22:31
-
30 aprel yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:19
Mavzuga oid

22:31 / 03.10.2023
«Mobil qullik» bekor qilinadi - Raqamli texnologiyalar vazirligi

23:05 / 17.11.2022
Germaniya uyali aloqa tizimida ommaviy uzilish yuz berdi

17:39 / 31.01.2022
Uyali aloqa kompaniyalarini qo‘llab-quvvatlash choralari belgilandi

23:48 / 21.12.2021