Ma'lum bölişiça, bu mablağning 10 million dollarlik qismi Özbekiston uçun, 5 million dollari esa Qozoğiston uçun taqdim etilgan.
Tengrinews.kz naşri xabariga köra, suv toşqinidan jabr körgan Turkiston viloyati hokimligi 5 million 202 ming dollar ajratilganini tasdiqlagan.
«Bu mablağlar jabrlangan 5202 oila boşliqlariga ötkazib beriladi», degan hokimiyatdagi manba.
ÖzAda Alişer Usmonov şu munosabat bilan Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevga yöllagan maktub e'lon qilindi.
«Hurmatli Şavkat Miromonoviç!
Bolaligim va yoşlik yillarim ötgan ona yurtimdagi aka-ukalarim va opa-singillarim bilan hozirgi epidemiologik qiyinçiliklarga şerik bölar ekanman, Sardoba suv omborida sodir bölgan fojia haqidagi xabarni, şuningdek, uni odamlarimiz munosib va mardona qabul qilganligini qalbimda oğriq bilan his qildim.
Muqaddas Ramazon oyida Allohning özi meni Vatanimga çorladi, zero bu kunlarda biz yordamga muhtoj odamlarga alohida ğamxörlik qilişimiz va kömak berişimiz kerak. Biz quvonçli damlarda ham, boşga ğam-taşviş tuşganda ham, bir-birimizni yelkama-yelka turib qöllab-quvvatlaymiz. Men xalqimizning taqdiriga befarq qarab tura olmayman va şu sababli suv toşqinidan jabrlanganlar turmuşini tiklaş va yaxşilaş, talafot oqibatlarini tezkorlik bilan bartaraf etişga yordam körsatiş uçun 10 million dollar beryapman.
Men xalqimizning duolariga qöşilib, ularning boşiga tuşgan kutilmagan sinovlardan tezroq xalos qilişini Allohdan sörab qolaman», deyiladi xatda.
1 may kuni Sirdaryoning Sardoba tumanida röy bergan suv toşqini oqibatida atrofdagi hududlardan, jumladan Oqoltin va Mirzaobod tumanlaridan ham jami 90 mingga yaqin kişi evakuatsiya qilindi.
Suv Qozoğiston janubiga kirib borişi tufayli Turkiston viloyati Maqtaraal tumanida 10ta qişloqni suv bosdi va xavfli hududlardan 30 mingdan ortiq kişi köçirildi.
Qayd etiş kerakki, Alişer Usmonov sönggi oylarda koronavirus pandemiyasi tufayli Özbekiston aholisi uçun ikki marta xayriya mablaği


















