Bugun, 30 iyun kuni Toşkent şahrida Özbekiston «Kamolot» yoşlar ijtimoiy harakatining IV Qurultoyi bölib ötmoqda.
Qurultoyda çiqiş qilgan Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev «Kamolot» YoIH tugatilganini, uning örnida Özbekiston yoşlar ittifoqi davlat taşkiloti tuzilgani haqida ma'lum qildi.
Qurultoyda iştirok etayotgan manbalarning ma'lum qilişiça, prezident yangi yoşlar taşkilotiga köplab vakolatlar taqdim etgan. Jumladan, «Yoşlar» telekanali aksiyalarining 50 foizi yangi taşkilotga ötgan.
Prezident uşbu telekanalni yoşlar hayotini yoritişda sustkaşligi uçun tanqid qilgan. U Özbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekovni özining media sohasi böyiça vakili hamda telekanal rahbari etib tayinlagan.

















