Toşkent şahrida Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasining saylovdan keyingi birinçi majlisi bölib ötmoqda. Unda Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev iştirok etmoqda. 

«Milliy saylov tizimini yanada rivojlantiriş maqsadida xorijiy ekspertlar bilan forumlar ötkazib borsak ahvol özgaradi. Ammo bitta forumning özi yetarli emas. Xalq bilan maslahatlaşiş kerak. Parlament a'zolari şundan kelib çiqib, milliy qonunçilikni özgartirib borsak xatolarimiz töğrilanadi.

Özbekiston parlamenti uçun heç kim çetdan kelib heç narsa qilib bermaydi, heç qaçon.

Deputatlar va parlament a'zolari köproq kitob öqişi kerak. Deputatning bilimsizligi qonun taşabbuskori uçun ma'qul vaziyat. Ma'qul ularga, bilib qöyinglar.

Özimizning va xorijiy OAVga rahmat. Saylov jarayonlarida juda faol bölişdi. Mana debatlar vaqtida kördingizlar jurnalistlar tomonidan partiya vakillariga qanday keskin, muammoli savollar berilganini. Hozir OAV vakillari ham öz ustida işlayapti, ular özgaryapti. Men barça jurnalistlarga öz minnatdorçiligimni bildirmoqçiman mana şu faollik uçun.

Köp odamlarga jurnalistlar yoqmaydi, lekin ular menga yoqadi», - dedi Şavkat Mirziyoyev.