2019 yil 18 iyul kuni bölib ötgan Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi «Adolat» SDP fraksiyasining navbatdagi yiğilişida qonun loyihalari bilan birga, mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga oid bir qator muhim masalalar körib çiqildi. Yiğilişning asosiy mavzusi tonirovkaga nisbatan kamroq qoraytirilgan oynalarga ruxsat beriş masalasi böldi.
Bu yilgi yoz oylari Özbekiston meteorologik kuzatuvlar tarixi davomida eng issiq ekani qayd etilmoqda. Ayniqsa, bunday jazirama kunlar avtomobil haydovçilariga qiyinçiliklar tuğdirmoqda. Şu bois, ijtimoiy tarmoqlarda keng jamoatçilik, ayniqsa, haydovçilar tomonidan qizğin bahs-munozaraga sabab bölayotgan mavzu, şubhasiz, avtomobil oynalarini qoraytiriş («tonirovka») masalasidir.
Yiğilişda «Adolat» SDP fraksiyasi deputatlariga xalqimiz tomonidan haydovçi va yölovçilarni yozning jazirama issiğidan himoya qilişda yetarliça şaroitlar yaratiş masalasi böyiça köplab murojaatlar kelib tuşayotgani ta'kidlangan. Murojaatlarda asosiy masala sifatida, yozning issiğidan, quyoşning nurlaridan, ayniqsa, ultrabinafşa nurlaridan saqlanişda avtomobil oynalarini qoraytirişga ruxsat beriş söralgan.
«Hozir foydalanişda zavoddan çiqadigan standart böyiça oyna va pul evaziga qilinadigan tonirovkali oynalar bor. Biz yurtimizdagi issiq ob-havoni hisobga olib termal plyonkali oynalar böyiça taklif kiritmoqçimiz. Haydovçilar e'tiroz bildirişmoqda. Biz taklif bermoqçi bölgan oynalar zavoddan çiqqan standartli oynalarga nisbatan 15 foiz qoraytirilgan böladi. Bu issiqlikni qaytarmaydi, lekin ultrabinafşa nuri bilan quyoşning zararli nurlarini, 85 foiz issiqligini özida uşlab qoladi. Ammo, yoruğlik tuşadi. Içini bemalol köriş mumkin. Nega biz buni taklif qilib kirityapmiz? Standart böyiça zavoddan 30 foiz qoraytirilib işlab çiqarilsa, buni qöşganda 45 foiz qorayib javobgarlikka asos bölib qoladi. Qonun böyiça 70 foizdan oşmasligi kerak. Buning uçun tegişli tölovni amalga oşiriş kerak. Tajriba qilib kördikki, 45 foizdan oşib ketsa, içkari körinmay qoladi. Tajribani ««Özstandart»» agentligi vakillari bilan ötkazdik», deydi Oliy Majlis deputati Umid Sulaymonov.
Şuningdek, deputat hozirgi kunda uşbu qarorga sezilayotgan ehtiyoj va aholiga nisbatan notenglik haqida ta'kidlab ötdi.
«Özi tonirovka qiliş yozning issiğidan, ayniqsa bu yilgi issiqni körib turibsiz, quyoş nuridan, ultrabinafşa nuridan saqlaniş maqsadida yölga qöyilgan. Hammaga ma'lumki, avtomobil oynalari tusini qoraytiriş, ya'ni tonirovka eng kam oylik iş haqining 90 barobari hisobida tölov qilinişi kerak. Bu 18 million sömdan ortiq mablağni tölaşga töğri keladi. Şunda ham tölovga qurbi yetsa. Şunda ham faqat orqa oynalar qoraytirilişi mumkin. Haydovçilar quyoş issiğidan baribir aziyat çekişadi. Pul tölaydi, lekin baribir öşa ahvol. Ommaviy axborot vositalarida aytildiki, içki işlar organlari tomonidan xavfsizlik nuqtai-nazaridan töğri emas. Şu örinda bir savol tuğiladi. Ham xalqimizga, ham xavfsizligimizga töğri keluvçi yeçimga keliş mumkin. Izlanişlarimiz bilan yuqoridagi taklifga keldik. Bunda ham haydovçining soğliği ziyon körmaydi, ham xavfsizlik masalasi öz yeçimini topadi. Biz ikkita maşinani 10-15 daqiqa issiqda qoldirib sinab kördik. Biri termal plyonkali oynada, biri zavoddan çiqqan holatdagisi. Şu vaqt oraliğida farq 5-8 darajada böldi. Uzoq tursa, yana ham bu farq oşadi. Şu sababli, tonirovka pul hisobiga bölsa ham, lekin şu turdagi oynalar bepul bölişi lozim», deya deputatning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.



















