Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi mehnat migrantlari soni böyiça ma'lumotlarni e'lon qildi.

Ma'lum bölişiça, 2021 yilning 1 yanvar holatiga köra, Özbekiston Respublikasining jami 1 million 678 ming 400 nafar mehnat migrantlari xorijda faoliyat olib bormoqda. Bu holat ötgan yil boşiga nisbatan 782,4 ming kişiga kamayganini anglatadi.  

Migrantlardan 481,1 ming nafari (28,7 foiz) ayollarni, 993,7 ming nafari (59,2 foiz) yoşlarni taşkil etmoqda.

Ayni paytda özbekistonliklardan Rossiyada 1 million 192 ming 800 kişi (71 foiz), Qozoğistonda 209 ming 300 (12 foiz), Janubiy Koreyada 62 ming 300 (4 foiz), Turkiyada 43 ming 200 (3 foiz), BAAda 5 ming 200 kişi va boşqa davlatlarda 165,6 kişi işlamoqda.

Ta'kidlanişiça, koronavirus pandemiyasi tufayli 511 ming 600 kişi xorijdagi iş faoliyatini töxtatişga majbur bölgan.

Mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolarning 49 foizi çet davlatlarda quriliş sohasida, 10,4 foizi savdo va xizmat körsatiş, 11,1 foizi sanoat, 7,8 foizi agrar sohada va 20,9 foizi boşqa yönalişlarda işlab kelganligi aniqlangan.

Vatanga qaytgan jami 511,6 ming mehnat migrantlaridan 478,3 ming nafarida monitoring ötkazilgan. Ularning 337,9 ming nafarining (70,7 foiz) bandligi ta'minlangan.