Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pavel Durov Markaziy Osiyoga keladi
Telegram asoschisi Pavel Durov Dubayda havo juda isib ketgani uchun bu yil yozda Markaziy Osiyoga kelmoqchi ekanini ma’lum qildi. U bu yerda odamlar Telegram’dan qanday foydalanishi va ularning raqamli ehtiyojlarini o‘rganishga qaror qilgan.
Dubayda yashovchi Durov Telegram-kanalida BAAda havo harorati keskin ko‘tarilib ketganini bildirgan.
“Do‘stlarim Fransiyaning janubi kabi zamonaviy joylarga bormoqda. Fransiya fuqarosi sifatida bu davlatni dam olish uchun eng yaxshi joy ekaniga qo‘shilaman”, deydi u.
Pavel Durov Telegram bosh direktori sifatida ta’tilga chiqmasligini ma’lum qilgan.
“Foydalanuvchilarimiz bilan noodatiy joylarda uchrashish orqali ish faoliyatimni davom ettiraman”, — dedi u.
Durovga ko‘ra, bu yozda Markaziy Osiyoga tashrif buyurib, u yerda hayot qanday ekani, odamlar Telegram’dan qanday foydalanishini va ularning raqamli ehtiyojlarini o‘rganishga qaror qilgan.
Mavzuga oid
19:35 / 05.07.2026
O‘zbekiston aviayuk tashish sur’atlari bo‘yicha Markaziy Osiyoda yetakchiga aylandi - OAV
14:42 / 04.07.2026
Yevropa sari navbatdagi bekat. Shavkat Mirziyoyev – Gurjistonda
18:47 / 29.06.2026
VKontakte, FSB va Telegram. Pavel Durovning hayot yo‘li
18:47 / 18.06.2026