Yangi majmua Toşkent markazidagi xiyobon örnida quriladi: Şarof Raşidov, Islom Karimov va Afrosiyob köçalari oraliğida, Markaziy univermag (TsUM) qarşisidagi hudud tanlangan.

«Istiqlol» kompleksi qurilişi prezident Şavkat Mirziyoyev ötgan yil dekabrda imzolagan, mamlakat mustaqilligining 30 yillik bayramiga doir qarorda közda tutilgan.

Qarorda yozilgandiki, yodgorlik kompozitsiyasi «mustaqilligimizning mazmun-mohiyati va tarixiy ahamiyatini aks ettiradigan» böladi.

Poytaxt hokimligi loyiha konsepsiyasi böyiça tanlovni 3 fevralda e'lon qildi. Qatnaşişni istaganlar 7 fevralgaça röyxatdan ötişi kerak. Tanlov 7 mart kuni yakunlanadi.

Ğoliblar hukumat tarkibida, ÖzFA Tarix instituti direktori Azamat Ziyo raisligida taşkil etilgan Respublika işçi komissiyasi tomonidan 10 martgaça aniqlanadi.

Uç nafar ğolibga mos ravişda 300, 200 va 100 mln söm pul mukofotlari beriladi.

Tanlov şartlariga köra, takliflar quyidagilarni öz içiga olişi kerak:

  • majmuaning boş ğoyasi;
  • majmuaning tuzilmasi – boş rejasi (maydondagi köp yillik manzarali daraxtlarni saqlab qoliş şarti bilan);
  • majmuaning asosiy ramzi va timsollari;
  • majmuada aks ettiriladigan tarixiy voqeliklar (özbek davlatçiligining 3000 yillik tarixi, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy, madaniy sohalardagi yutuqlarini inobatga olgan holda);
  • tarixan mamlakatimiz rivoji va mustahkamlanişida özining ulkan hissasini qöşgan buyuk ajdodlarimiz, milliy qaxramonlarimizni majmuada tasvirlab beriş;
  • moddiy madaniyat durdonalari, buyuk davlat va harbiy arboblar, atoqli ayollar, ilm-fan va madaniyat arboblari, milliy ozodlik kuraşi yetakçilari hamda olamşumul tarixiy voqealarni aks ettiriş;