Ma'lumki, mehnat daftarçasi xodimning mehnat stajini tasdiqlovçi asosiy hujjatdir. Amaldagi tartibga köra xodim işga qabul qilinayotganda uni taqdim etişi şart. Iş beruvçi esa korxonada 5 kundan ortiq işlagan barça xodimlarga mehnat daftarçasini tutişi şart.

Özbekiston Respublikasi prezidentining «Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillaştiriş va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan oşiriş çora-tadbirlari töğrisida» 2017 yil 24 maydagi PF-5052-son farmoniga muvofiq, mamlakatda xodimlarning iş joyi va davlat ijtimoiy suğurtasiga tölov qilgan davri böyiça röyxatga olişning “elektron mehnat daftari” tizimi joriy etilişi munosabati bilan 2019 yilning 1 yanvaridan boşlab birinçi marta işga joylaştirilgan xodimlarga qoğoz şaklidagi mehnat daftarçalari berilişi töxtatiladi.

Xöş, prezident farmonida “elektron mehnat daftari” tizimiga oid belgilangan vazifalar böyiça ötgan bir yarim yildan ortiq davr içida vakolatli organlar tomonidan qanday işlar amalga oşirildi? Yangi tizimni amaliyotga tatbiq etişning zarur mexanizmlari işlab çiqildimi? Bu borada iş beruvçilarning xabardorligi qay daraja ta'minlandi?

Afsuski, bu kabi berilayotgan savollarga hozirça biror-bir tayinli javob yöq.

Çunki, eng avvalo bu tizimning huquqiy asosi yaratilmagan. Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 29.01.1998 yilda 402-son bilan röyxatga olingan “Mehnat daftarçalarini yuritiş tartibi töğrisida”gi yöriqnoma bugungi kunda “elektron mehnat daftari”ga oid birorta özgarişlarsiz amal qilib kelmoqda.

Qoida tariqasida, 2019 yil 1 yanvardan amalga kiritilişi lozim bölgan uşbu tizimning huquqiy asosini belgilab beruvçi yangi normativ hujjat qabul qilinişi yoki yuqorida ta'kidlangan yöriqnomaga tegişli özgartiriş va qöşimçalar kiritilişi lozim edi.

Vaholanki, farmonda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga uşbu Farmondan kelib çiqadigan qöşimça va özgartirişlar kiritiş yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritiş vazifasi topşirilgan edi.

“Elektron mehnat daftari”ga oid elektron dastur yöq, bu haqida esa hozirça biror aniq ma'lumot tugul, miş-mişlar ham mavjud emas. Mehnat töğrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilişini tekşiriş va nazorat qilişni amalga oşiruvçi maxsus vakolatli organ hisoblangan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining rasmiy veb-saytida ham bu haqida birorta tuşuntiriş berilmagan. Sayt böylab “elektron mehnat daftari”ni qidirar ekansiz, prezidentning yuqorida tilga olingan farmonidan bölak narsa topa olmaysiz.