Özbekiston Taşqi işlar vazirligi matbuot xizmati Qozoğistonning Jambul oblasti hududida, «Olmaota—Toşkent» yölidagi yölovçi avtobus halokati böyiça ma'lumot berdi.

Özbekistonning Olmaotadagi Boş konsulligidan ma'lum qilinişiça, ayni vaqtda bu hodisa oqibatida Özbekiston fuqarolari halok bölgani haqida axborot mavjud emas. Şu bilan birgalikda, Özbekistonning 7 nafar fuqarosi tan jarohatlari bilan Ötror va Qordaydagi şifoxonalarga yotqizilgan.

Xususan, Ötrordagi şifoxonaga yotqizilganlar:

1. Marhamat Jumaniyozova, 1996 yilda tuğilgan, Xiva şahridan;
2. Rohila Ahmetova, 1994 yilda tuğilgan;
3. Şodlik Maqsudoviç Jabborov, Xiva şahridan;
4. Otabek Abdullayeviç Matjonov, 1985 yilda tuğilgan, Qoraqalpoğistondan;
5. Sardor Anorboy öğli Haydarov, 1994 yilda tuğilgan.

Qordaydagi şifoxonaga yotqizilganlar orasida ikki nafar Özbekiston fuqarosi bor:

1. Islomiddinov Abuxattar öğli, 1997 yilda tuğilgan;
2. Zovodbek Muhammadjonov, 1999 yilda tuğilgan.

20 aprel kuni tongda, mahalliy vaqt bilan soat 05:09da Qozoğiston janubidagi Jambul oblasti Qorday tumani hududida, «Olmaota—Toşkent» trassasining 181-kilometrida Van Hool rusumli yölovçi avtobusi iştirokida yöl-transport hodisasi yuz berdi. Avtobusdan oldinda ketayotgan Toyota Camry avtomobili yuk maşinasi bilan töqnaşgaç, haydovçisi töqnaşuvdan qoçişga uringan va avtobus ağdarilib ketgan.

Foto: Tengrinews.kz

Hodisa joyida 8 kişi halok bölgan, 32 kişi turli darajadagi tan jarohatlari bilan şifoxonaga olib borilgan, keyinroq ularning 3 nafari vafot etgan. 

Özbekiston Taşqi işlar vazirligidan ma'lum qilişlariça, Olmaotadagi Boş konsullik Qozoğistonning Jambul viloyati Favqulodda vaziyatlar böyiça departamenti bilan doimiy aloqada bölib turibdi. Hodisa joyiga Boş konsullik xodimi yöl olgan.