Kun.uz uşbu savollarga javob oliş uçun Bilim va malakalarni baholaş agentligi xodimi Jamşidbek Odilov bilan suhbatlaşdi.
Yangi tizim qanday işlaydi?
Hozirgi tizim böyiça abituriyentlar dastlab 1 oy muddat davomida OTMlarga kiriş uçun röyxatdan ötişadi. Bunda ular 5 ta ta’lim yönalişi va ta’lim şakllarini tanlaydi. Lekin abituriyent qança ball töplaşini oldindan bilmaydi. Masalan, bir abituriyent özi haqida notöğri prognoz qilib, tanlagan yönalişlariga qaraganda kamroq ball töplaşi, boşqasi esa topşirgan yönalişlariga qaraganda ança yuqori ball töplaşi mumkin. Şuning uçun töplagan ballari aniq bölgaç abituriyentlarda "Men tanlagan yönalişlarimni özgartirsam böladimi?" degan savol ham paydo bölardi. Lekin buning iloji yöq edi.
Keyingi yildan yangi tartib işga tuşsa, röyxatdan ötiş 2 bosqiçdan iborat böladi. Birinçi bosqiçda abituriyentlar agentlik tizimiga özining şaxsiy ma’lumotlari bilan birgalikda faqatgina test topşiriş fanlari, test topşiriş tili va joyini tanlaydi. Lekin OTMlar va yönalişlarni tanlamaydi. Dastlabki ma’lumotlar abituriyentlarning test sinovida iştirok etişi uçun yetarli böladi xolos. Söng abituriyentlar imtihonga kirib çiqadi. Mana şundan keyin abituriyentning qölida öz töplagan balli böladi va u prognoz qila oladi.
Masalan, abituriyent imtihonda 120 ball töplagan va u tibbiyot oliygohlariga kontraktga ötiş balli 150 dan kam bölmasligini biladi. Tibbiyot yönalişlarini tanlasa, kira olmasligi ehtimoli yuqori. Buni oldindan töla prognoz qilib bölmasligi mumkin, biroq oldingi yillardagi ötiş ballariga asoslanib, ança aniq qaror qabul qiliş mumkin. Şunda abituriyent balli pastroqligini hisobga olib, bir yil yöqotmaslik uçun biologiya yönalişini tanlaşi mumkin.
Yoki teskari holat ham bölişi mumkin. Özim abituriyent bölgan vaqtda bir kursdoşim poytaxtdagi OTMga grantga kira olmayman deb viloyatdagi OTMga hujjat topşirgan. Lekin u juda yuqori ball töplagandi va balli bemalol Toşkentdagi OTMlarga grantga yetardi.
Yangi tizimda abituriyent avval imtihon topşirib, keyin yönaliş tanlasa, bu kabi abituriyentlar töğri tanlov qila olişi mumkin. Tizimning maqsadi şunday.
“Endi hamma öqişga kirib ketadimi?”
Bunaqa narsa yöq. OTMlarga qabulda kvota bor, örinlar çeklangan. Har qanaqa tizim işlaganda ham qabul uçun 200 ming örin bölsa (mln abituriyentga nisbatan), bu hamma ham birday talaba bölmasligini anglatadi.

















