Ehtiyojmand xotin-qizlar uchun qo‘shimcha grant kvotasi tasdiqlandi
Xotin-qizlar uchun 2000 ta grant aniq va tabiiy fanlar, texnika fanlari va tibbiyot fanlari yo‘nalishlariga ajratilgan.
Xotin-qizlar uchun qo‘shimcha 2000 ta davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining hududlar kesimidagi taqsimoti e’lon qilindi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lum qildi.
Ehtiyojmand xotin-qizlar uchun ajratilgan grantning hududlar kesimida taqsimoti quyidagicha:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 11;
- Andijon – 183;
- Buxoro – 112;
- Jizzax – 81;
- Qashqadaryo – 193;
- Navoiy – 60;
- Namangan – 165;
- Samarqand – 227;
- Surxondaryo – 155;
- Sirdaryo – 50;
- Toshkent viloyati – 177;
- Farg‘ona – 221;
- Xorazm – 110;
- Toshkent shahri – 155.
Grant aniq va tabiiy fanlar, texnika fanlari va tibbiyot fanlari yo‘nalishlariga alohida hisoblanadi. Bu sohadan ortib qolgani qolgan sohalar uchun ajratiladi. Buni jadvalda aniq ko‘rish mumkin.
Ma’lumot uchun, xotin-qizlar uchun o‘qishga kirishdagi asosiy imkoniyatlardan biri — ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga ajratiluvchi umumiy kvotaning 4 foizi miqdoridagi (2 mingta o‘rin) grant hisoblanadi. Unga talabgorlar ham tavsiyanomani Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasidan oladi. Tavsiyanomani kam ta’minlangan, to‘liqsiz oilada tarbiyalanayotgan, nogironligi bo‘lgan ota-onaning farzandlari kabi bir qator toifalarga mansub xotin-qizlar olishi mumkin va ular alohida tanlov doirasida kirish imtihonlarida qatnashadi, eng yuqori ball olgan 2 ming xotin-qiz tavsiyanoma asosida grantga o‘qishga qabul qilinadi.
Tavsiyanoma faqat birinchi yo‘nalishga va faqat ta’limning kunduzgi shakli uchun o‘tadi. Tavsiyanomasi bor xotin-qizlar ham 5 ta yo‘nalishga hujjat topshira oladi. Ularning ballari avvalo umumiy abituriyentlardan tashqari, tavsiyanomalilar uchun alohida hisoblanadi va eng yuqori ball to‘plaganlar imtiyoz bilan talabalikka qabul qilinadi, yetarli ball to‘play olmaganlar esa boshqa abituriyentlar kabi umumiy tanlovda qatnashadi va balliga qarab talaba bo‘la olishi yoki bo‘la olmasligi mumkin.
Mavzuga oid
13:50 / 21.10.2024
Hindiston O‘zbekiston OTMda onlayn smart-auditoriyalarni tashkil etishi mumkin
17:57 / 12.10.2024
Ayollar uchun xavfsiz boshpana – reabilitatsiya markazlari qanday ishlaydi?
18:39 / 11.10.2024
Abituriyentlar Bilim va malakalarni baholash agentligini sudga berdi
15:23 / 21.09.2024