“Soğliqni saqlaş tizimini raqamlaştirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Özbekiston va KfW banki örtasida “Raqamli soğliqni saqlaş islohotlarini qöllab-quvvatlaş” loyihasi uçun 5 yillik imtiyozli davr bilan 12 yil muddatga 45 million yevro miqdorida qarz bitimi hamda 5,5 million yevro miqdorida grant bitimi imzolangan.

Soğliqni saqlaş vazirligi loyihani öz vaqtida amalga oşiriş hamda muvofiqlaştiriş böyiça mas’ul ijro etuvçi organ hisoblanadi. Qarz mablağlarini qaytariş respublika budjeti mablağlari hisobidan qoplanadi. Loyihani öz vaqtida va samarali amalga oşiriş uçun Raqamli soğliqni saqlaş tizimini boşqariş loyiha ofisi taşkil etiladi.

Qarorga köra: 

  • loyiha doirasida joriy etilayotgan axborot tizimlaridan foydalaniş böyiça litsenziyalar uçun tölovlar ularni joriy etiş xarajatlari tarkibiga kiritiladi hamda ular axborot tizimi amaliyotga töliq joriy etilgandan söng kamida 5 yil mobaynida amal qiladi;
  • loyihani amalga oşiriş jarayonida iqtisod qilingan mablağlar ustuvor ravişda birlamçi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatini raqamlaştiriş hamda kompyuter texnikasi vositalarini xarid qilişga yönaltiriladi.

2023–2025 yillarda soğliqni saqlaş tizimini raqamlaştiriş böyiça çora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi. Çora-tadbirlar rejasida, jumladan, quyidagilar nazarda tutilgan:

  • “Elektron retsept” (reimbursatsiya) tizimini joriy etiş;
  • sanatoriylarga yöllanma oliş, navbatni kuzatiş va mavjud böş örinlarni köriş imkoniyatini beradigan “Elektron sanatoriy” platformasini işlab çiqiş;
  • onkologik kasalliklarga çalingan bemorlarning elektron röyxatini yuritişga möljallangan “Cancer-registr” axborot tizimini joriy etiş;
  • ona va bola salomatligi pasportining elektron tizimini yaratiş;
  • Yagona portal orqali vaqtinça mehnatga layoqatsizlik varaqalari ma’lumotnomalarini oliş imkoniyatini yaratiş.