2025 yil 1 yanvardan boşlab Özbekistonda mobil aloqa operatorlari aksiz soliğidan ozod qilingan edi. Soliq yuki sezilarli kamayganiga qaramay, kompaniyalar narxni oşirişdan töxtamayapti. E’tirozlar fonida Raqobat qömitasi tekşiruv boşladi. Mijozlar keraksiz xizmatlarga majburlaşni töxtatiş va limiti kam bölsa-da arzonroq tariflar ham bölişi kerakligini aytmoqda.
Noyabr oyi örtalarida Özbekistondagi bir neçta yirik uyali aloqa kompaniyalari 1 dekabrdan e’tiboran tariflar qimmatlaşişini ma’lum qildi, bu esa jamoatçilik orasida e’tirozlarga sabab böldi.
Operatorlar bayonotiga köra, narxlarni kötariş – “xizmat sifatini yaxşilaş” va “tarmoqni kengaytiriş” uçun zarurati bilan boğliq.
Foydalanuvçilar esa amaldagi tarif narxlarining özi ham körsatilayotgan aloqa va internet sifati bilan mos emasligini ta’kidlab, tanqidiy izohlar qoldirgan.
Şundan söng Raqobat qömitasi örganiş işlarini boşladi. Agar kompaniyalar özaro kelişgan holda narx oşirayotganiga işora qiluvçi alomatlar aniqlansa, tegişli çoralar köriladi.
Mazkur xabarlar fonida Kun.uz'ga ham iste’molçilar öz talablarini aks ettirgan holda köplab murojaatlar yubordi. Ularda eng köp kötarilgan masalalar haqida töxtalamiz.
Arzon ta’riflar kerak
Ayni paytda eng ommabop kompaniyalarda mavjud tarifingizni özgartirmoqçi bölsangiz, eng arzon takliflar 35-60 ming sömdan boşlanadi. Kompaniyalarning ayrimlarida arzonroq variantlar ham yöq emas, lekin buning uçun siz imtiyozli toifadagi fuqaro bölişingiz yoki yangi sim-karta xarid qilişingiz kerak. Murojaatçilar esa xohlagan paytda ulaniş imkoni böladigan 15-20 ming sömlik bazaviy ta’rif rejalar bölişi zarurligini aytmoqda.
“Men 6 yildan beri UzMobile sim-karta işlataman. Ayni paytdagi ta’rif rejam – Mobile Mini. Oyiga 45 ming söm tölayman. Şu bilan birga, Uztelecom'ning Wi-Fi xizmatini ham uyimga ulaganman. Majburman, çunki mobil internet sifati juda yomon. WiFi uçun oyiga 150 ming söm tölayman. Bir muddat oldin narxlar oşdi, oldin 132 ming söm edi. Işxonada ham Wi-Fi bor, şu sabab mobil internet trafik deyarli sarflanmaydi. Tarif reja orqali menga taqdim etilgan umumiy limitlarning 10 foizidan ham foydalanmayman, imkon bölganda 10-15 ming sömlik arzonroq tarifga ötgan bölardim”
















