Moliya vazirligi axborot xizmati tomonidan 2022 yil uçun budjetnoma taqdim qilindi. Unda 2022 va keyingi yillar uçun soliq siyosatining asosiy yönalişlari keltirib ötilgan.

2022 yilda quyidagi asosiy soliq stavkalari özgarişsiz qoldiriladi:

  • qöşilgan qiymat soliği stavkasi – 15 foiz;
  • foyda soliği stavkasi – 15 foiz;
  • jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliği stavkasi – 12 foiz;
  • aylanmadan olinadigan soliqning bazaviy stavkasi – 4 foiz;
  • dividendlar körinişidagi daromadlardan olinadigan foyda soliği stavkasi – 5 foiz;
  • qişloq xöjaligi yerlarini suğorişda belgilangan suv resurslaridan foydalanganlik uçun soliq stavkasi 40 söm, şu jumladan soliq stavkasiga suv yetkazib beruvçilar tomonidan yetkazib berilgan suv hajmi xarajatlarini qoplaş uçun 1,05 koeffitsiyent qöllaşni saqlab qoliş;
  • qişloq xöjaligi korxonalari yer soliği qişloq xöjaligi ekinzorlarining normativ qiymatiga nisbatan belgilangan 0,95 foiz soliq stavkasi saqlab qolinadi.

Şu bilan birgalikda, 2023 yil 1 yanvardan boşlab:

  • qöşilgan qiymat soliği 15 foizdan 12 foizga;
  • mobil aloqa xizmatlariga aksiz soliği stavkasi 15 foizdan 10 foizga;
  • bank, mobil aloqa operatorlari va bozorlar va savdo komplekslari uçun belgilangan foyda soliği stavkasi 20 foizdan 15 foizga pasaytiriladi.

Bunda qat'iy miqdorda belgilangan aksiz, yer soliği, mol-mulk, suv soliği stavkalari inflatsiya darajasidan kam bölmagan miqdorda indeksatsiyasi qilinadi.