O‘zbekiston | 07:18 / 18.06.2024
13279
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdan Bo‘stonliqqacha bo‘lgan yo‘lda yangi tunnel ochildi

Toshkentda Yangi O‘zbekiston ko‘chasi va 4R12 avtomobil yo‘li kesishmasida yangi tunnel ochildi. Endi Chorvoq suv ombori tomon ketayotgan haydovchilar chorrahada to‘xtab turishi shart emas. 

Foto: Videodan kadr

Toshkent shahridan chiqish joyidagi Yangi O‘zbekiston ko‘chasi va 4R12 avtomobil yo‘li chorrahasida qo‘shimcha tarmoq yo‘llari qurilishining birinchi bosqichi yakunlandi, deb xabar qildi O‘zbekiston IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati.

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi Chimyon tog‘lari va Chorvoq suv ombori tomon harakatlanish uchun tunnel ochildi. Tunneldan o‘tish uchun yo‘ldan o‘ngga qarab ketish kerak.

Endi haydovchilar chorrahada to‘xtab turishlari shart emas, u yerda dam olish kunlari svetoforning bir necha yonib-o‘chishini kutishga to‘g‘ri keladi, deb ta’kidladi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati.

Qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanish uchun 4R12 yo‘lidan Yangi O‘zbekiston ko‘chasiga chiqish tashkil etildi.

Tunnel orqali og‘ir avtomashinalar va xavfli yuk tashuvchi transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi. Ular chorrahadan o‘tishlari kerak.

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati haydovchilar e’tiborini harakat yo‘nalishini ko‘rsatuvchi belgilar mavjudligiga qaratdi.

Mavzuga oid