Ukrainada uruş Markaziy Osiyo davlatlari siyosiy elitasi ongida katta özgarişlarga sabab bölyapti. Mana şu fonda AQŞ va kollektiv Ğarb mintaqaga e’tiborini pasaytirmayotganini körsatmoqçi. Kun.uz muxbiri AQŞ davlat kotibi Entoni Blinkenning Markaziy Osiyoga taşrifi, undan kutilayotgan natijalar va uruş atrofidagi voqealar yuzasidan siyosatşunos Kamoliddin Rabbimov bilan suhbatlaşdi.
— Birinçi umumiyroq savol beraman. Blinken nima uçun Markaziy Osiyoga, xususan, Özbekiston va Qozoğistonga taşrif buyurdi?
— Har 2-3 yilda AQŞ davlat kotibi Markaziy Osiyoga kelib turadi. Çunki possovet hududida eng muhim mintaqa va makrohudud Markaziy Osiyo. AQŞning 90-yillar ikkinçi yarmida işlab çiqilgan geosiyosiy strategiyasi mavjud. Unga köra possovet hududida bir qança muhim mintaqalar mavjud va ular Rossiya orbitasidan imkon qadar uzib olinişi, kollektiv Ğarbga, ya’ni YeI va NATOga a’zo bölişi maqsadga muvofiq deb tavsiya qilingan. Ukraina Rossiya orbitasidan çiqib ketdi va uruş boşlanganiga bir yil böldi.
Hozir global mintaqadagi geosiyosiy kontekst nihoyatda qiziq va qizğin. Birinçi sabab Ukrainada uruş boşlanganiga bir yil böldi va bu davrda Markaziy Osiyo siyosiy elitasi ongida katta özgarişlar böldi. Lekin bu özgarişlar özining rasmiy ifodasini kutyapti. Kutayotganiga sabab esa Moskvada hokimiyat darajasidagi özgarişlar bölgani yöq. Albatta, yaqin yillarda böladi deb öylayman. Putinning hokimiyat tepasiga kelganiga 22 yildan oşdi.
Kollektiv Ğarb va AQŞ 21 asrdagi özining eng asosiy raqibi deb Xitoyni köradi. Xitoy bu — mintaqaning eng yaqin hamkorlaridan biri. Tojikiston, Qozoğiston, Qirğiziston Xitoy bilan töğridan töğri çegaradoş. Andijondan Xitoy hududigaça bor-yöği 150 km, ya’ni hozirgi globallaşgan dunyoda katta masofa emas. Mana şu fonda AQŞ va kollektiv Ğarb mintaqadagi homkorligini qaytadan urğulaş niyatida. Ya’ni biz mintaqaga e’tiborni pasaytirayotganimiz yöq va hamkorlikni juda qadrlaymiz, demoqçi. Qozoğistondagi eng yirik sarmoyadorlardan biri AQŞ. Mintaqada Qozoğiston iqtisodiy lider bölsa, xavfsizlik va geosiyosat masalalarida Özbekistonning mutlaq ahamiyatli örni bor va bu örinni heç kim almaştira olmaydi. Şuning uçun ham possovet hududida Ukraina, Özbekiston, Qozoğiston AQŞ uçun eng muhim bölgan davlatlar hisoblanadi. Blinkenning kelişi esa Ğarb bilan aloqalarni qaytadan yangilaş va mustahkamlaşga qaratilgan.
Birinçi masala, Rossiyaga qöyilayotgan sanksiyalarni aylanib ötişga yordam bermaslik. Ikkinçi masala, mintaqa huquqiy, demokratik, inson huquqlarini hurmat qiladigan hududga aylanişi kerakligi. Şunda mintaqaning raqobatbardoşligi oşadi, içki siyosatda ança barqaror davlatlarga aylanadi va natijada taşqi siyosatda mustaqil geosiyosiy kursni amalga oşiriş imkoni paydo böladi. Odatda taşqi siyosat içki siyosatning davomi böladi.


















