0:11. «Metallurg» «Paxtakor» manfaati uçun xizmat qiladimi?
|00:48 / 09.10.201838 12218 min
«Metallurg» - «Paxtakor» - 0:11. Bu Superliga doirasidagi uşbu klublarning özaro 3ta öyinida qayd etilgan umumiy hisob. Bu «Metallurg» tomonidan bitta otaliqqa ega homiydoş klubi «Paxtakor»ga «sovğa» qilingan 9 oçko deganidir. «Dalil, isbot qani?» deb boşimni qotirmay turing - Toşkent va Bekobod klublari örtasidagi öyin atrofidagi «öyin»lar şu daraja ğalati köriniş oldiki, PFL qoşidagi «Kelişilgan öyinlarga qarşi» komissiyasi (agar mavjud bölsa) hali öyin videosi u yoqda tursin, maqolamizdagi faktlar bilan ham «Metallurg» - «Paxtakor» özaro uçraşuvlari borasida iş oçişga asoslari yetarli.
Bekoboddagi «gollar-şousi»
Keling, avvalo «Metallurg» va «Paxtakor» örtasidagi Superliga doirasidagi öyinlarga e'tibor qaratamiz. Dastlabki özaro rasmiy uçraşuv 7-tur doirasida keçib, «Paxtakor» safarda «Metallurg» ustidan 5:0 hisobida zafar quçgan. (8 fevralda mavsumga tayyorgarlik jarayoni davomida «Paxtakor» «Metallurg» bilan nazorat uçraşuvi ötkazib, 8:3 hisobida ğalaba qozongandi.)
Bir qaraşda natija «Paxtakor»ning «Metallurg»dan bir boş balandligini körsatar, ammo Bekobod klubining uşbu bahsga nisbatan yondaşuvi şubha-gumonlarni uyğotadi. Mezbonlar boş murabbiyi Andrey Şipilov aynan özining sobiq jamoasi «Paxtakor»ga qarşi ğalati qarorlarni qabul qilgan: 1-şubha: «Metallurg» asosiy tarkibida ilk marta Pavel Purişkin Superligada maydonga tuşirilib, 90 daqiqa öynagan. Purişkin sönggi 8 yil içida ilk marta özbek klubi safida debyut öyinini ötkazgan. 2-şubha: 7-turgaça doim zaxirada qolgan Dilyorbek Ermatov aynan «Paxtakor»ga qarşi ilk bor asosiy tarkibga tuşirilgan va 90 daqiqa töp surgan. 3-şubha: «Metallurg» asosiy tarkibida 19 yoşli Abror Toşqöziyev ilk marta maydonga tuşirilgan. Bungaça u Superligada umuman öynamagan.
Mavzuga oid
4-şubha:
«Metallurg» tarkibida ilk marta 19 yoşli Andrey Şipilov maydonga tuşgan. Şu kuni debyutini nişonlagan futbolçi bungaça Oliy Ligada ham öynamagan.
5-şubha:
Aynan «Paxtakor»ga qarşi öyinda «Metallurg» goleadori Zohid Abdullayev boşlanğiç tarkibda tuşirilmagan, u ikkinçi bölimda zaxiradan öyinga qöşilgan.
Tarkib 100 foiz «yangilanişi»
«Paxtakor» - «Metallurg» örtasidagi navbatdagi öyin 18-turda ötkazilgan bölib, Toşkentdagi bahsda ham Andrey Şipilov boşqaruvidagi «Metallurg» jamoasi poytaxtga şunçaki sayohatga kelib, «Paxtakor»ga çiroyli hisobda yutqazib ketişgan.
Ajablanarlisi, «Metallurg» boş murabbiyi bu safar ham «Paxtakor»ga qarşi öyin uçun tarkib tanlaşni «qoyillatgan». 1-şubha: 17-turda «Bunyodkor» bilan 1:1 öynab, «Paxtakor»ning asosiy raqobatçisini 2 oçkodan mahrum etgan «Metallurg» jamoasi, 18-turda «Paxtakor»ga qarşi öyinda öşa asosiy tarkibni emas, safni 100 foizga yangilab, 11 nafar boşqa futbolçi bilan maydonga tuşgan. 2-şubha: «Metallurg» bilan öyindan oldingi 17-turdagi «Qizilqum» - «Paxtakor» (1:2) uçraşuvida toşkentliklar jamoasi sardori Marko Simiç 90-daqiqada ataylab sariq kartoçka olib, 4 marta ogohlantirilişi sababli, natijasi oldindan ma'lum bölgan «Metallurg» bilan bahsni ötkazib yuborgan va 19-turdagi «Navbahor»ga qarşi uçraşuvga «toza» bölib qaytgan. Ya'ni, «Metallurg» bilan öyin «Paxtakor» futbolçilariga kartoçkalardan «tozalaniş» imkonini bergan. 3-şubha: «Metallurg» safida ilk marta Otabek Zokirov asosiy tarkibga maydonga tuşirilib, 90 daqiqa töp surgan. «Paxtakor»ga qarşi öyindan keyin birorta ham öyinda maydonga tuşmagan. 4-şubha: «Paxtakor»ga qarşi öyinda «Metallurg» boş murabbiyi ilk marta tojikistonlik 20 yoşli futbolçi Zoir Jöraboyevni asosiy tarkibda maydonga tuşirgan. «Paxtakor» bilan öyin Jöraboyev uçun Superligadagi ilk va sönggi öyin bölib qolgan. 5-şubha: «Metallurg» boş murabbiyi şu kuni yana bir 20 yoşli futbolçi Doniyor Hoşimovni ham ilk marta asosiy tarkibda tuşirgan. Jöraboyev singari, Hoşimov uçun ham «Paxtakor» bilan öyin Superligadagi ilk va sönggi bahs bölib turibdi. 6-şubha: 7-turda Bekobodda 0:5 hisobi bilan yakunlangan «Paxtakor»ga qarşi öyinda ilk marta maydonga tuşirilgan Abror Toşqöziyev şu bilan orada 11 tur (!) dam olib, 18-turda yana aynan «Paxtakor»ga qarşi öyinda asosiy tarkibda maydonga tuşgan. Andrey Şipilov mavsum davomida Toşqöziyevni faqat «Paxtakor»ga qarşi öynatgan. 7-şubha: Xuddi şunday 20 yoşli rossiyalik futbolçi Andrey Şipilov ham 0:5 hisobidagi mağlubiyatli öyindan 11 tur ötib, aynan «Paxtakor» bilan bahs uçun maydonga qaytarilgan. Eng qiziği, boş murabbiyning öğli sanalmiş uşbu futbolçi profesional faoliyati davomida 3 marta öyin ötkazgan va şundan 2tasi aynan «Paxtakor»ga qarşi – 0:5, 3:0 hisobidagi mağlubiyatlar qayd etilgan öyinlar. 8-şubha: Bungaça har öyinda asosiy tarkibdan örin oladigan «Metallurg» töpurari Zohid Abdullayev bu safar ham aynan «Paxtakor» bilan öyinga asosiy tarkibda emas, sönggi 10 daqiqalikda maydonga tuşirilgan. 9-şubha: 18-turda «Paxtakor» bilan öynagan «Metallurg» jamoasining navbatdagi 19-turdagi «Neftçi»ga qarşi tarkibi deyarli 90 foizga yangilangan.
Taniş «ssenariy»
«Metallurg» va «Paxtakor»ning yöli 3 oktabr kuni 25-tur doirasida ham kesişdi. Bu safar ham öyin «taniş ssenariy» ostida keçib, «Metallurg» öz vazifasini «a'lo» darajada bajardi.
PFL bu klublar örtasidagi dastlabki ikkita «öyin»ni körmaslikka olgaç, uçinçi marta ham Bekobodda Superliga ustidan oçiqçasiga kulişdi: 1-şubha: «Metallurg» – «Paxtakor» uçraşuvidan oldin, 24-turda «Navbahor» – «Metallurg» (0:0) öyini yakunida bekobodliklar jamoasi yetakçilari Zafar Törayev va Zohid Abdullayev ataylab sariq kartoçka olib, çempionatda 4 marta ogohlantirilgani bois «Paxtakor»ga qarşi taqdiri hal «öyin»da maydonga tuşişdan «qoçişdi» va «Bunyodkor»ga qarşi bahs oldidan «tozalanib» olişdi. 2-şubha: Sönggi marta faqatgina 2017 yilning 9 sentabr kunida «dubl» qayd etgan, öşanda ham «Metallurg» darvozasiga 2ta gol urgan Igor Sergeyev bu yil Superligada 1ta gol urgandi, u «Metallurg» bilan bahsda yana «dubl»ga erişdi. 3-şubha: «Paxtakor» safida 25 tur davomida umuman maydonga tuşmagan Hojiakbar Alijonov aynan «Metallurg»ga qarşi öyinda asosiy tarkibda tuşirildi. 4-şubha: «Metallurg» boş murabbiyi bu safar ham aynan «Paxtakor»ga qarşi «öynatiladigan» 20 yoşli Abror Toşqöziyev va Doniyor Hoşimovni maydonga tuşirdi. 5-şubha: «Metallurg» boş murabbiyi Andrey Şipilov «Paxtakor» bilan öyinda bu safar ham «an'anasi»ni davom ettirib, Superligada umuman öynamagan 20 yoşli Xudoyşukur Sattorovni kuçli raqibga qarşi asosiy tarkibda öynatdi. Bungaça Xudoyşukur katta futbolda maydonga tuşmagan, 25 tur davomida jamoasiga umuman kerak bölmagandi.
«Metallurg» va «Paxtakor»ni nima boğlab turadi?
Afsuski, Bekobod klubi mana neça yildirki şubhali öyinlarda gumon qilinmoqda. Yodingizda bölsa, ÖFF 2015 yilda «Paxtakor» – «Metallurg» (3:2) uçraşuvini «sport pritsiplariga va etikasiga zid» hisoblab, bekobodliklar boş murabbiyi Rustam Mirsodiqovni mavsum sönggi qadar çetlatgandi. Şunga qaramay, öşanda «Metallurg»ning şubhali öyinlari davom etdi.
2017 yilgi mavsum yakunida esa «Metallurg» boş homiysi «ÖzMetKombinat»da rahbariyat özgargaç, murabbiylar ştabi iste'foga çiqarildi, futbolçilar jamoani tark etişdi.
«Metallurg» klubi boş homiysi «ÖzMetKombinat» boşqaruvi «SFI Management Group» kompaniyasiga ötgaç, köpçilik Bekobod klubi nihoyat şubhali öyinlarda iştirok etişni bas qilişi işongandi, biroq «çuçvarani xom sanaşdi» - «Metallurg» endi faqat «Paxtakor» manfaati uçun ham xizmat qiladigan klubga aylanib qolgandi.
Nega?
Sababi, «Paxtakor» va «Metallurg» klublari bitta otaliqqa ega homiydoş klublardir. «SFI Management Group» va «MetProm» xorijiy kompaniyalari Toşkent va Bekobod klublari muassisi hisoblanişadi.
2017 yil yakunida «Paxtakor» klubi prezidenti Bobur Şodiyevning taşabbusiga köra, «Paxtakor» murabbiylar ştabida faoliyat yuritib kelgan Andrey Şipilov «Metallurg» klubi boş murabbiyi sifatida tayinlandi.
2018 yilda «Metallurg» klubiga «Paxtakor» jamoasidan 8 nafar futbolçi ijaraga berildi - yil boşida Akbar Ismatullayev, Zabihullo Örinboyev, Abbos Otaxonov, Suhrob Nurulloyev, Saidjamol Davlatjonov Bekobod klubiga jönatilgan bölsa, ikkinçi bosqiç oldidan Stanislav Andreyev, Kamron Saidazimov va Ibrohim Yöldoşev «Metallurg»ga ötişdi. Aynan uşbu futbolçilardan birortasi ham «Paxtakor»ga qarşi öyinlarda iştirok etmaydi. «Metallurg» «Paxtakor»ga heç qaçon qarşilik qilmaydi. Buni natijalar ham isbotlab turibdi – 0:5, 0:3, 0:3.
Statistikaga köra, Superligada heç bir klub öz raqibiga uçta öyinda ham mağlub bölib, 11ta gol ötkazib bermagan. «Metallurg» esa buni juda maromiga yetkazib uddalayapti. «Paxtakor»ga 9 oçkoni hadya qilgan Bekobod klubi, çempionlik uçun kuraşayotgan «oltilik» guruhida qolgan barça raqiblardan oçko ololgan. Xususan, «Paxtakor»ning asosiy raqibi sanalmiş amaldagi çempion «Lokomotiv» bilan keçgan 1-bosqiçdagi ikkita uçraşuvda ham «Metallurg» maydonga «jang»ga tuşgandek töp surib, Bekobodda ğalaba qozongan, Toşkentda durang qayd etgan. Ya'ni, «Loko» 5 oçkodan mahrum etilgan. Bekobodliklar «Navbahor», «Bunyodkor» va «Buxoro» bilan öyinlarda ham durang öynagan. Öxşatiş örinli bölsa, «Ota bir, ona boşqa» uka, akasi uçun qilişi mumkin bölgan hamma narsani qilib berdi. Endi tasavvur qiling, «Metallurg» Superligada çempionlik yölidagi oltilikka kira olmaganida «Paxtakor»ning hozirda çempionlik uçun imkoniyati qolgan bölarmidi? Eng açinarlisi, nahotki, özini hurmat qilgan taşkilot «öz mahsuloti»ning kimlardir tomonidan bu darajada oyoqosti bölişiga jim qarab turaversa?
ÖFA va PFL nega jim?
ÖFA va PFL «Superligani har tomonlama rivojlantiramiz, öyinlarni adolatli, şiddatli va murosasiz ötişini ta'minlaymiz» deya bong urayotgan bir paytda, «Metallurg» va «Paxtakor» örtasidagi bunday «öyinlar» çempionatning ustidan oçiqçasiga kuliş emasmi? «Kelişilgan öyinlarni bilib qolsak, tomirini quritamiz» deya va'da bergan taşkilot nahotki öziga eng yaqin qöşni bölgan stadion va klub atrofidagi işlarga şunçaki köz yumadi? Nega PFL «Paxtakor» va «Metallurg»ni sport tamoyillarini buzmasdan «halol öyin» tarafdori bölişga çaqirişiga, böysunmasa, jazolaşga jur'at qilmaydi? Buning sababi Umid Ahmadjonov «Paxtakor» va «Metallurg» rahbariyati bilan oldin birga işlagani va ularga begona emasligimi? Mayli, yil boşida Bekoboddagi maydon va stadion yoritgiçlarining talabga javob bermasa-da, «Metallurg»ning Superligaga qöyilganini tuşunsa bölar, ammo bitta homiy va otaliqqa ega klublarning bitta turnirda iştirok etişi va biri ikkinçisini bir tomonlama qöllaşi FIFA va OFK talablarini oçiq-oydin buziş emasmi?
«Navbahor» jazolandi, «Metallurg»-çi?
PFL komissiyasi Superliga 21-turidagi «Navbahor» – «Buxoro» öyinida mezbonlardan Jahongir Mehmonov va Oston Örunov boş hakam tomonidan ogohlantirilganda, bu futbolçilarni atayin sariq kartoçka olib hal qiluvçi bosqiç oldidan «tozalangani»ni sezib qolib, 20 million söm miqdorda jarimaga tortdi hamda öşa futbolçilarni faqat 22-tur emas, 23-turni ham ötkazib yuborişga majbur qildi. Xuddi şunday voqea, «Navbahor» - «Metallurg» öyinida ham röy berib, mehmonlardan Zafar Törayev va Zohid Abdullayev öyin yakunida yöq joydan ataylab «sariq» olişgani va bu törtinçi ogohlantiriş sabab «Paxtakor»ga qarşi öyinni ötkazib yuboriş imkoniga ega bölişganiga esa PFL şunçaki e'tiborsizlik qilayotganini qanday tuşuniş mumkin?
Nega PFL komissiyasining «Navbahor»ga nisbatan qöllanilgan «20 million sömlik jarima va ikki futbolçini ikki öyinga diskvalifikatsiya qiliş» borasidagi «Intizomiy va jarimalar kodeksi»dagi bandlar «Metallurg»ga kelganda işlamay qolayapti? Axir, «Metallurg» yetakçilari Törayev va Abdullayevning «Paxtakor»ga qarşi «öyin»ni ötkazib yuborişi va «Bunyodkor»ga qarşi öyinga «toza» bölib «jang»ga tuşişdek maqsadi oydek ravşanku?
Xulosa
Aslida-ku, «Paxtakor» şusiz ham kuçli jamoa, ammo aynan «Metallurg» bilan öyinlarda ularga qarşi turli nayranglar bilan kuçsiz tarkib qöyilişida «Toşkent klubining heç qanday aloqasi yöq», degan çöpçakka işoniş qiyin. Superligadagi heç bir voqeani çetda qoldirmaydigan va öz bayonotini e'lon qilib kelgan PFLning uşbu öyinlar atrofidagi voqeliklarga jim turişini maqolam yakunigaça anglolmay kelgan bölsamda, kuni-keça Bekobodda ötgan «Metallurg» – «Paxtakor» (0:3) öyinidagi bir holat hayratimga sabab böldi. PFL hakamlar qömitasi murosasiz ötişi kutilgan Superliganing barça öyinlariga tajribali hakamlarni tayinlab, Bekoboddagi uçraşuvga kelganda şu kungaça Superligada umuman boş hakam sifatida işlamagan, turnirda özining debyutini ötkazayotgan Işoq Ibragimovni tayinlagan. Odatda, PFL hakamlar qömitasi ahamiyati yuqori bölmagan bahslarda debyutant hakamlarni sinovdan ötkazişini inobatga olsak, Bekoboddagi öyin qanday ötişi böyiça PFL ham öz qaraşi va xulosasiga ega bölgan...