Toşkent şahri Olmazor tumanida istiqomat qiluvçi oilada birin-ketin uç opa-singillarning bevaqt vafot etgani haqida xabar berilgandi. «Özbekiston» telekanalining «Axborot 24» körsatuvida 15 noyabr kuni mazkur masala böyiça lavha namoyiş etildi. Unda bu borada tergov jarayoni yuzasidan Boş prokuratura vakili rasmiy xabar berdi.
Boş prokuraturaning jamoatçilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bölimi boşliği örinbosari Vohib Şaropovning aytişiça, opa-singil Qosimovalarning joriy yil 8 noyabr qayd etilgan ölimi holati yuzasidan 9 noyabr kuni prokuratura organlari tomonidan jinoyat işi qözğatilgan.
“Hozirgi kunda mazkur jinoyat işi yuzasidan Toşkent şahar prokuraturasi tomonidan Qosimovalar ölimining aniq sabablarini aniqlaşga qaratilgan zarur tezkor-tergov harakatlari olib borilmoqda. Şu jumladan, kompleks sud-tibbiyot va sud-kimyoviy ekspertizalari ötkazilayotgan bölib, ularning natijasiga köra tergov harakatlarining keyingi yönalişlari belgilanadi hamda aybdor şaxslarni javobgarlikka tortişning barça çoralari köriladi”, - dedi Boş prokuratura vakili.
Eslatib ötamiz, Toşkent şahri, Olmazor tumani, Beşqörğon mavzei (Tansiqboyev-3)da yaşovçi oilaning uç norasida farzandi ketma-ket vafot etgani haqida 11 noyabr kuni xabarlar tarqadi. Ijtimoiy tarmoqlarda bu oilani yaqindan tanigan qöşnilarning sözlariga köra, qizlar qiyma kabob tanovul qilganidan söng qorinda oğriq paydo bölganini aytişgan. Keyin esa oğriq qoldiruvçi dori iste'mol qilişgan. Biroq biroz vaqt ötgaç, qizlarning ahvoli yanada oğirlaşadi va ulardan birining joni «tez yordam» maşinasida uziladi. Qolgan qizlarning ham ahvoli oğir bölganligi sabab yuqumli kasalliklar şifoxonasiga jönatiladi. Ular ham birin-ketin vafot etişgan.
















