O‘zbekiston va Rossiya temiryo‘l orqali yo‘lovchi tashishni tiklamoqda
O‘zbekiston va Rossiya temiryo‘l qatnovini 14 iyundan tiklaydi. Bu haqda Rossiyada koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash bo‘yicha operativ shtab xabar berdi.
Qayd etilishicha, birinchi bosqichda ikkita yo‘nalish yo‘lga qo‘yiladi: Toshkent – Samara va Toshkent – Volgograd.
«Tezkor shtab 14 iyundan boshlab Toshkent-Samara va Toshkent-Volgograd yo‘nalishlari bo‘yicha temiryo‘l qatnovini har bir yo‘nalishda haftasiga bir martadan qayta tiklash to‘g‘risida qaror qabul qildi. O‘zbekiston fuqarolarining Rossiyaga temiryo‘l orqali kirishiga qo‘yilgan cheklovlar bekor qilinadi», — deyiladi shtab xabarida.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston 15 maydan boshlab Qozog‘iston bilan temiryo‘l orqali yo‘lovchi tashish jarayonini tikladi.
15 may kuni yo‘lovchi poyezdi Nukus va Beyneu, 16 maydan esa Olmaota va Toshkent o‘rtasida harakatlana boshladi. «Toshkent-Markaziy» temiryo‘l vokzalidan Qozog‘istonga yuqoridagi reyslar haftasiga 3 marta amalga oshirilmoqda.
Mavzuga oid
23:25 / 22.12.2024
Rossiyada safar sumkasi ichidan o‘zbekistonlik ayolning jasadi topildi
00:36 / 22.12.2024
Moskva aeroportida Rossiya ta’lim vazirining sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi
14:20 / 21.12.2024
RF atletlariga neytral maqomda OO‘ga yo‘llanma olish uchun ruxsat berildi
11:41 / 21.12.2024