«Özbekistonda qariyb 25 yil davomida amalda yopiq va kuçli senzuradan ozodlikka çiqqan matbuot barçani esankiratib qöydi. Avvaliga jurnalistlar tajribasizlikdan qiynalgan bölsa, davlat va hokimiyat organlari ular tomonidan körsatilgan aççiq haqiqatni hazm qila olmadi».
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Komil Allamjonov juma kuni Samarqandda bölib ötgan matbuot erkinligi mavzusidagi xalqaro davra suhbatida şunday fikr bildirdi.
Allamjonov YeXHTning öndan ortiq delegatlari iştirok etgan konferensiyani oçib beriş uçun sözga çiqib, özbek matbuotidagi sönggi 2-3 yilda röy bergan özgarişlarga diqqat qaratdi.

«Tanqidga örganmagan ayrim amaldorlar tomonidan ommaviy axborot vositalariga turli tazyiqlar bölganini ham inkor eta olmaymiz va bunga tabiiy hol deb qaraldi. Kim ham matbuot nazoratga solişini va unda kötarilgan muammolar böyiça javobgar bölişni xohlaydi? Axir yuqorida aytib ötganimdek, ötgan davrdagi kuçli senzura davlat idoralari rahbarlari faoliyatini tanqid qilişni man qilgan va ularning xatolarini yaşirişga xizmat qilgan.
Tan olib aytiş kerakki, yillar davomida barça sohalarda töplangan muammolari bor xalqqa erkin va oçiq gapiriş imkonini bergani Şavkat Mirziyoyevning qançalik sabr-bardoşli, yuksak iroda sohibi ekanidan dalolat beradi. Çunki tasavvur qilib köring, muammolari qalaşib ketgan odamlar dardiga malham böliş va uning barini hal etiş qançalik mumkin va murakkab?

Şunday bölişiga qaramay, prezidentimizning siyosiy irodasi tufayli bugun matbuot rivojlanib bormoqda. Blogerlik faoliyati ommalaşmoqda. Agentligimiz esa ularni öz himoyasiga olgan. Ular bilan yuz berayotgan adolatsizliklarga qarşi kuraşyapti.
Şu bilan birga, jurnalistlar va blogerlarning malakasini oşiriş, ularni qonun bilan qöllab-quvvatlaş uçun barça çoralar körilyapti. Albatta, içki senzura va qörquv köpçilikni hali butunlay tark etmadi. Öylaymanki, bu vaqt ötişi bilan öz örniga tuşadi», – degan Allamjonovning sözlarini keltirdi Kun.uz muxbiri.

















