Toşkent şahar Çilonzor tumanidagi 230-sonli maktabgaça ta’lim taşkiloti rahbari lavozimidan ozod qilindi. 

Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligining bildirişiça, boğça rahbari xizmat vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan yondaşib, bolalar hayotini xavf ostiga qöygani uçun lavozimidan ozod qilindi.

«Direktor boğça hududiga begona şaxsning kirişiga yöl qöyib bergani, tarbiyalanuvçi bolalar hayotini xavf ostiga qöygani, içki mehnat tartib-qoidalarini buzgani va öz xizmat vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan yondaşgani sababli u bilan tuzilgan mehnat şartnomasi Mehnat kodeksining 161-moddasi ikkinçi qismi 5-bandiga asosan bekor qilindi», — deyiladi xabarda.

Bundan avvalroq mazkur boğça direktorining 15 yoşli öğli 4 nafar tarbiyalanuvçi qizçaga ular uxlaşga yotgan vaqtida tegajoğlik qilganlikda gumonlanayotgani hamda Içki işlar vazirligi holat yuzasidan jinoyat işi qözğatgani ma’lum qilingandi.

Maktabgaça ta’lim agentligi uşbu holat nazoratga olingani, sudga oid tibbiyot va psixologik ekspertizalari tayinlanib, suriştiruv işlari olib borilayotganini bildirgandi. Boş prokuratura ham holat qat’iy nazoratga olinganini qayd etgandi.