Kun.uz saytida avvalroq bu ilğor klaster tugatilayotgani haqida maqola e'lon qilingan edi. Biroq, qaşqadaryolik mutasaddilar uşbu materialga tayinli munosabat bildira olişgani yöq.

«SULTONTEX GROUP»  xususiy korxonasi Qarşi tumanidagi jami 15 ming gektarda paxta yetiştiruvçi 500dan ziyod fermerlar bilan şartnoma imzolagan. Uning özi ham 1300 gektar maydonga ega.

Klaster paxta yetiştiruvçi fermerlarga mexanizatsiya, öğit, dori, yoqilğidan yordam beradi, ularning yetiştirgan paxtasini paxta teriş maşinalarida yiğib oladi. Hosilni özi qayta işlab, tola va çigitini ajratadi. Çigitdan yoğ çiqaradi, toladan esa ip yigirib, tayyor mahsulot işlab çiqarib, eksport qiladi.

Klaster barça işlab çiqariş sikllarini töliq qamrab olgan. Respublikada bunday klasterlar barmoq bilan sanarli. Prezident Şavkat Mirziyoyev ham Qaşqadaryo viloyatiga safari davomida bu klaster faoliyati bilan şaxsan tanişgan.

Barçasi nimadan boşlangandi? Klaster faoliyati nega tugatib yuborilmoqda?

Ayni damda «SULTONTEX GROUP» Qarşi tuman hokimligining ayrim yolğon ma'lumotlari yuzasidan tuman ma'muriy sudiga murojaat qilgan, iş sudda körib çiqilmoqda.

Sud qanday yakuniy qarorga keladi, bundan bexabarmiz, unga ta'sir ötkaziş niyatimiz ham yöq, biroq öquvçilarimizga «SULTONTEX GROUP» klasterining yopilişiga nimalar sabab bölgani, umuman, uning yopilişi adolatli yo unday emasligi haqida xulosa çiqarişlari, muşohada qilişlari uçun vaziyatni yaqindan örganiş maqsadida Qarşiga bordik.

Klaster rahbari Nurbek Ergaşevning hikoya qilişiça, Boş vazir örinbosari Öktam Barnoyevning 20 mart kuni Koson tumanida Qaşqadaryo viloyatida qişloq xöjaligida amalga oşirilayotgan işlarni örganiş hamda mavjud muammo va kamçiliklarni bartaraf etiş çora-tadbirlari töğrisida ötkazgan yiğilişidan keyin unda muammolar yuzaga kela boşlagan.

Yiğilişdan keyin tuzilgan bayonnomada Qaşqadaryo viloyati hokimligi, «Agrobank» ATB, Markaziy bank viloyat Boş boşqarmasi va tijorat banklarining ğallani mineral öğitlar bilan oziqlantiriş va kimyoviy preparatlar bilan işlov beriş uçun yetişmaydigan mablağlarni tijorat krediti,