Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vazir: «2021 yildan viloyat va tumanlarda ham avtobus yo‘nalishlari uchun avtomatlashtirilgan to‘lov tizimiga o‘tiladi»
O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov transport sohasini rivojlantirish yo‘lidagi muammolar va yangi rejalar haqida ma'lumot berdi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Foto: Samarqand viloyati hokimligi
«Bizda hal qilinishi kerak bo‘lgan eng katta masalalardan biri bu – yo‘nalishsiz taksilar faoliyatini takomillashtirish hisoblanadi.
Biz hozir bu sohada korrupsiyaga qarshi kurashish va yashirin iqtisodiyotning oldini olish maqsadida yo‘nalishsiz taksilarga bo‘lgan talabni soddalashtirish ustida ishlayapmiz», – degan u 8 yanvar kuni AOKAda o‘tkazilgan brifingda.
Vazirga ko‘ra, ayni vaqtdagi ishlanma shu yilning 1 fevraligacha hujjat sifatida Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi va jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi.
Ilhom Mahkamov brifing davomida avtomatlashtirilgan to‘lov tizimlarining shu yildan viloyat va tumanlarda yo‘lga qo‘yilishi haqida ham gapirgan.
«2020 yil Toshkent shahrida metropoliten va avtobus yo‘nalishlarida avtomatlashtirilgan to‘lov tizimini yo‘lga qo‘ydik. 2021 yilda esa buni barcha viloyat markazlari va tumanlarda ham yo‘lga qo‘yishni reja qilyapmiz», – degan vazir.
Mavzuga oid
23:01 / 13.12.2025
O‘tgan 10 kun ichida avtobuslarda chiptasiz yurgan qariyb 3 ming yo‘lovchi jarimaga tortildi
12:05 / 09.12.2025
O‘zbekiston avtobus va mikroavtobus importini deyarli uch barobarga oshirdi
08:41 / 05.12.2025
Toshkentda 115-sonli avtobus yo‘nalishi yangilandi
15:24 / 22.11.2025