Indoneziyada 22 dekabr mahalliy vaqt bilan soat 21:27da Yava va Sumatra orollarini ajratib turuvchi Zond bo‘g‘ozida kuchli sunami qayd qilindi.   

Tabiiy ofat oqibatida 43 kishi halok bo‘lgani, 584 kishi jabr ko‘rgani ma'lum qilindi. Shuningdek, ko‘plab uylar va bir nechta mehmonxona vayron bo‘lgan.   

Tsunamiga Anak-Krakatau vulqoni otilishidan keyin suv osti ko‘chkisi yuz bergani olib kelgani taxmin qilinmoqda.

Foto: Twitter /LodniNoviny