Sotsiolog va jurnalist Filipp Gajilipo Özbekiston nega proteksionizm siyosatiga sodiq qolmasligi kerakligi, globallaşuvning mohiyati nimaligi, özbek biznesining xorijdagi raqobatbardoşligiga ta'sir ötkazişi mumkin bölgan uç omil töğrisida Ispaniyaning IE universiteti professori, iqtisodiy integratsiya sohasi eksperti Fernando Kortinyas bilan suhbatlaşdi.
— Keling, osonidan boşlaylik. Aytaylik, men zamonaviy sotsiologiya, iqtisodiyot va siyosatşunoslik fanlaridan bexabarman, atrofdagilar bot-bot takrorlayveradigan globalizatsiya nima ekanligi töğrisida ğira-şira tuşunçaga egaman. Siz menday insonga, u nima ekanligini qay tarzda imkon qadar lönda qilib tuşuntirgan bölardingiz?
— Globalizatsiya — bu jahonni yagona bozorga aylantiruvçi jarayon. Lekin bu oçiq bozor bölmaydi. Biz tovar, xizmatlar va hokazo narsalarni ayirboşlaymiz, lekin bu doimo erkin tarzda amalga oşirilişini bildirmaydi.
— Unga erkin bölişi uçun nima xalaqit qilmoqda? Axir bizga örgatişlariça, bozor ham qariyb fizika qonunlaridek şarsiz asosda yaşaydi hamda bu qonunlar unga oçiq va erkin bölişi uçun şaroit yaratadi.
— Minglab, yuzlab yillar avval bir neça asosiy sivilizatsiyalar va mamlakatlar bölgan va ularning har birida qandaydir öz manfaatlari bor edi. Qoida tariqasida, bu manfaatlar özaro kesişmagan. Endilikda vaziyat özgargan — ta'sir zonalari töqnaşmoqda. Bu esa alohida mamlakatlar tomonidan ittifoq va bloklar taşkil etilişiga olib kelmoqda. Masalan, NAFTA. Undan boşqa ham iqtisodiy bölgan bloklar bor. Ular qandaydir zona bilan çegaralanib qolişni istaşmayapti, biroq butun dunyoni öz maqsadi sifatida körişni boşlaşadi.
Global ta'sir kuçi uçun raqobat şunday paydo böladi, bloklar içlaridan birortasi jahonda yetakçi bölib olmasligi uçun bir-biriga tösiq yaratadi. Şu sababli, globalizatsiya yordamida kapital almaşinuvining oçiq jarayonlari yuz beradi, deb aytiş qiyin. Parvozlar, uyali aloqa, pop-madaniyat. Biz istagan joyimizga parvoz qilişimiz mumkin, istalgan odam bilan istalgan vaqtda suhbatlaşişimiz mumkin, şu sababli biz birlaşgandek körinamiz, lekin bunday emas. Bizning dunyo global, lekin bir butun emas.
— Biroz lokal darajaga qaytsak: hozir bizda bozorimiz qanday bölişi kerakligi töğrisida bahslar köp. Mahalliy işlab çiqaruvçini himoya qiliş uçun çegaralarni yopiş kerakmi yoki bozorni radikal tarzda oçib, rivojlaniş uçun jahon tizimiga integratsiya bölib, şokni boşdan keçiriş kerakmi? Umumiy qonuniyatlar va boşqa mamlakatlar tajribasidan kelib çiqib, bizga nimani tavsiya etgan bölardingiz?










