Ba'zi turdagi monopol tovarlarning xaridi faqat birja orqali amalga oshiriladi
2021 yilning 15 iyunidan boshlab monopol va davlat ishtirokidagi tashkilotlar tomonidan ishlab chiqarilgan ayrim turdagi tovarlar faqat birja savdolari orqali sotiladi.
«Yuqori likvidli va monopol tovarlarni sotish jarayonlariga bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorda belgilanishicha, 2021 yil 15 iyundan boshlab quyidagi tovarlar ichki bozorda faqat birja savdolari orqali bozor tamoyillari asosida realizatsiya qilinadi:
Monopolist korxonalar va ustav fondi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan tashkilotlar tomonidan ishlab chiqarilgan:
- polivinilxlorid (PVX) va formalin – barcha xaridorlarga;
- iste'mol etil spirti – tashkiliy-huquqiy shaklidan qat'i nazar, tegishli litsenziya va muvofiqlik sertifikatlariga ega bo‘lgan ishlab chiqaruvchilarga;
- texnik etil spirti – barcha xaridorlarga;
- kumush – zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilarga birja savdolari orqali bozor tamoyillari asosida sotiladi.
2022 yil 1 yanvarga qadar monopolist bo‘lmagan va (yoki) ustav fondida davlat ulushi 50 foizdan kam bo‘lgan yoki davlat ulushi mavjud bo‘lmagan yuridik shaxslar tomonidan ishlab chiqarilgan:
- sement – ishlab chiqarish hajmining kamida 50 foizi;
- paxtadan olingan chigit, paxta moyi (jumladan, ekstraksiya paxta moyi) va qayta ishlangan chigit chiqindilari (shrot, sheluxa) – ishlab chiqarish hajmining 100 foizi birja savdolari orqali sotiladi.
Qaror asosida Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga ichki bozorda narxlarning sun'iy ravishda oshib ketishi va bozordagi boshqa salbiy holatlarning oldini olish uchun, zarur hollarda:
- birja savdolarining bir savdo sessiyasida bir xaridor tomonidan xarid qilinadigan mahsulot hajmlarining maksimal miqdorini (limitini) belgilash hamda talab va taklifdan kelib chiqib, ushbu hajmlarga o‘zgartirish kiritish;
- yuqori likvidli, shu jumladan mavsumiylik talabidan kelib chiqqan holda talab oshadigan tovarlarni faqat tovar-xomashyo birjalari orqali sotish bo‘yicha tashkiliy-huquqiy shaklidan qat'i nazar tashkilotlarga bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar kiritish vakolati beriladi.
Hujjatda 2022 yil 1 yanvardan boshlab paxta-to‘qimachilik klasterlari va kooperatsiyalar tomonidan paxtadan olingan chigitni tayyor mahsulotni qaytarish sharti asosida yog‘-moy tashkilotlariga berish faqat bir paxta-to‘qimachilik klasteri doirasidagi tashkilotlar o‘rtasida amalga oshirilishi belgilandi.
Shuningdek, 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab monopol va davlat ishtirokidagi tashkilotlar tomonidan birja savdolarida sotilayotgan mahsulotlarni avtotransportda tashish xizmatlari faqat elektron logistika savdo portali orqali auksion tartibida amalga oshiriladi. Bunda, elektron logistika savdo portali orqali tashish xizmatlari:
- xaridorlarning o‘z avtotransportida amalga oshirilgan taqdirda ro‘yxatga qo‘yish;
- xaridorlarga affillangan tashish xizmatini ko‘rsatuvchi korxonalar tomonidan esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzish orqali amalga oshiriladi.
2022 yil 1 yanvardan boshlab paxta-to‘qimachilik klasterlari va kooperatsiyalar tomonidan paxtadan olingan chigitni tayyor mahsulotni qaytarish sharti asosida yog‘-moy tashkilotlariga berish faqat bir paxta-to‘qimachilik klasteri doirasidagi tashkilotlar o‘rtasida amalga oshiriladi.
2021 yil 1 sentyabrdan boshlab monopol va davlat ishtirokidagi tashkilotlar tomonidan birja savdolarida sotilayotgan mahsulotlarni avtotransportda tashish xizmatlari faqat elektron logistika savdo portali orqali auksion tartibida amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
07:35 / 16.12.2024
Birjaga chiqarilayotgan benzin hajmi to‘rt barobar oshirildi
16:39 / 15.12.2024
AI-80 benzinni sotuvga chiqarmasdan, o‘zida saqlab turgan «zapravka»larga chora ko‘rildi
09:35 / 10.12.2024
Birja savdolariga chiqarilayotgan kunlik avtobenzin hajmi ikki barobar oshiriladi
01:16 / 20.11.2024