Özbekistonda siyosiy partiyalar qilişi kerak bölgan işlarni jurnalistlar va blogerlar qilyapti, deb ta'kidladi Tanzila Norboyeva Senatning 23-yalpi majlisida.

11-12 oktyabr kunlari bölib ötayotgan Senatning 23-yalpi majlisi kun tartibiga köra, mamlakatda daraxt va butalarning noqonuniy kesiliş holatlari senatorlar tomonidan muhokama qilindi.

Senat raisi Tanzila Norboyeva bu masalada Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi faoliyatini qoniqarsiz deb baholadi.

“Daraxtlarning kesilişini nazorat qiluvçi asosiy davlat idorasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş qömitasi hisoblanadi. Ammo ularning faoliyatida sustkaşlik bor, deb hisoblaymiz. Ekologiya muhofazasi böyiça xalqaro tajribalardan nimalarni özlaştiriş kerak, qonunçilikka qanday özgartirişlar kerak degan savollarga çözmasdan, tezroq yeçim topiş kerak”, — deya ta'kidlaydi Senat raisi.

Tanzila Norboyevaga köra, qurilişlar uçun yer ajratiş tartibi ham daraxtlarning kesilişiga öz ta'sirini körsatmoqda:

“Yer berişda muammolar bölyapti. Yerni olgan odam quriliş qiladi. Lekin ajratilgan hududdagi daraxtlar böyiça heç qanday mas'uliyat yöq. Yerni olgan odam daraxtni boşqa joyga olib borib ekadimi yoki unga zarar yetmaydigan tarzda ihotalab qöyadimi, heç qanday tartib belgilanmagan. Bu esa xalqning tabiiy e'tiroziga sabab bölyapti", — dedi u.

Senat raisi xalq muammolarini aniqlaşda hukumat idoralari va siyosiy partiyalar örtasida hamkorlik qoniqarli emasligini tanqid qildi.  

“Aslida xalqni qiynayotgan muammoni siyosiy partiyalar olib çiqişi kerak. Ammo bu iş bilan hozir faqat ommaviy axborot vositalari va blogerlar şuğullanyapti. Partiyalar faoliyatida sustkaşlik bor”, — deya qayd etdi Norboyeva.