O‘zbekiston | 09:15 / 08.01.2024
9885
1 daqiqa o‘qiladi

Tibbiyot instituti bitiruvchilari uchun yangi yo‘nalishda 1 yillik rezidentura joriy etiladi

Tibbiyot instituti bitiruvchilari uchun oilaviy shifokorlik yo‘nalishi bo‘yicha 1 yillik rezidentura joriy etish rejalashtirilyapti.

O‘zbekistonda birlamchi tizim tibbiyot xodimlari mehnati samaradorligini rag‘batlantirish orqali oilaviy shifokor maqomini oshirish rejalashtirilmoqda.

“Aholi salomatligi-2030” milliy strategiyasining 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan amaliy tadbirlar rejasiga ko‘ra, tibbiyot instituti bitiruvchilari uchun oilaviy shifokorlik yo‘nalishi bo‘yicha 1 yillik rezidentura joriy etish ko‘zda tutilmoqda.

Bundan tashqari, rezidenturani tugatganlik sertifikatiga yoki litsenziyaga ega oilaviy shifokorlarning oylik ish haqini 2 barobarga oshirish mo‘ljallanmoqda.

Bu ishlarni respublika va mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan amalga oshirish rejalashtirilgan.

Mavzuga oid