Tadbirkorlikni rivojlantiriş mamlakatimiz iqtisodiy siyosatining ustuvor yönalişi hisoblanadi. Mazkur yönalişni yanada rivojlantiriş maqsadida yaratilgan şart-şaroitlar tufayli tadbirkorlar safi muttasil ortib bormoqda. Milliy yalpi içki mahsulotning hamda işlab çiqarilgan mahsulotlar eksportining salmoqli uluşini kiçik va örta biznes yaratmoqda.

Özbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlik faoliyatini soddalaştiriş va eng qulay işbilarmonlik muhitini rivojlantiriş bilan boğliq topşiriğini bajariş doirasida hamda tadbirkorlar kuni arafasida Milliy matbuot markazida 9 avgust kuni “Özbekekspertiza” aksiyadorlik jamiyati rahbariyatining Özbekistondagi tadbirkorlar bilan oçiq muloqoti bölib ötdi.

Yiğilişda tadbirkorlarga eksportçi korxonalarga xizmat körsatiş bilan boğliq faoliyatni takomillaştiriş, soddalaştiriş va samaradorligini oşirişga qaratilgan islohot va özgarişlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 oktyabrdagi qaroriga muvofiq, “Taşqi savdo faoliyatini yanada erkinlaştiriş va tadbirkorlik sub’yektlarini qöllab-quvvatlaş çora-tadbirlari töğrisida”gi PQ-3351-sonli va Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 20 noyabrdagi “Mamlakatda biznes muhitini yanada yaxşilaş va tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş tizimini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi PQ-4525-sonli Farmoniga muvofiq “Özbekekspertiza” AJning raqamlaştiriş loyihasining amalga oşirilişi tadbirkorlar (arizaçilar) uçun eng qulay şart-şaroitlarni yaratiş va xizmatlar körsatiş böyiça murojaatlarni körib çiqişning barça bosqiçlarini elektron formatga ötkaziş orqali mijozlarga xizmat körsatiş sifatini sezilarli darajada oşiriş imkonini berdi.

“Özbekekspertiza” aksiyadorlik jamiyati sinov majmuasining kengaytirilişi, eng sönggi xorijiy asbob-uskunalarning xarid qilinişi mahalliy mahsulotlar, jumladan, eksportga yetkazib berilayotgan mahsulotlarning doimiy laboratoriya tadqiqotlari samaradorligini sezilarli darajada tezlaştirdi va sezilarli darajada oşirdi.