Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dubayda dunyoning eng yaxshi o‘qituvchisiga million dollarlik mukofot puli topshiriladi
Hindistonlik tadbirkor Sanni Varkeyning Varkey Foundation xayriya jamg‘armasi o‘qituvchi kasbiga qo‘shgan ulkan hissa uchun million dollarlik mukofot pulini topshiradi. Bu haqda Dubay matbuot anjuman Dubai Media Office ma'lum qildi.
Mukofot topshirilishi marosimi 24 mart kuni Dubayda bo‘lib o‘tadi. Musobaqa finaliga Avstraliya, Argentina, Braziliya, Buyuk Britaniya, Gruziya, Hindiston, Keniya, Niderlandiya, AQSh va Yaponiyadan 10 da'vogar o‘tgan.
Mukofot ilk bor 2015 yilda o‘z egasiga topshirilgan. U BAA vitse-prezidenti va bosh vaziri, Dubay hukmdori shayx Muhammad bin Rashid Al Maqtum patronaji ostida topshiriladi. Joriy yilda mukofotga 179 ta davlatdan 10 mingta ariza topshirilgan.
2018 yilda mukofot Buyuk Britaniyaning Bristol shahridagi maktabning tasviriy san'at va to‘qimachilik ishi o‘qituvchisi Andriya Zafirakuga topshirilgan.
Hind millatiga mansub tadbirkor Sanni Varkey Yaqin Sharqdagi eng yirik xususiy bolalar bog‘chalari va maktablari tarmog‘i GEMS Education’ga asos solgan.
Mavzuga oid
14:13 / 04.05.2026
Dubayda ko‘chmas mulk orqali yashash uchun ruxsatnoma olishdagi minimal investitsiya miqdori bekor qilindi
19:38 / 02.05.2026
BAA havo hududini to‘liq ochganini e’lon qildi
11:51 / 21.04.2026
Namangandagi maktablar “Mutolaa” platformasida majburiy obunaga jalb qilinayotgani aytildi
08:40 / 31.03.2026