Özbekiston Respublikasi prezidentining 2019 yil 20 maydagi PQ-4324 raqamli qarori bilan Zohidjon Murodoviç Ziyoyev Özbekiston Respublikasi Davlat statistika qömitasi raisining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va axborot-xavfsizligi böyiça örinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Davstatqöm xabar bermoqda.
Zohidjon Ziyoyev 2007 yilda Toşkent axborot texnologiyalari universiteti bakalavr bosqiçini, 2010 yilda Sankt-Peterburg davlat telekommunikatsiyalar universiteti magistratura bosqiçini, şuningdek 2018 yilda Özbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Davlat boşqaruvi akademiyasini tamomlagan.
Z.Ziyoyev 2010-2012 yillar mobaynida «Özbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasida, 2012-2015 yillarda Özbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlaştiriş va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qömitasida bölim boşliği, 2015-2017 yillarda Özbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligida boşqarma boşliği, 2017-2019 yillar oraliğida Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.

















