Qayd etilişiça, 2020 yilning 6 oyida Özbekistonga Ukrainadan 2,5 ming boş, Avstriyadan 2,1 ming boş, Qirğizistondan 1,2 boş qoramol olib kelingan. Davlat statistika qömitasi bergan ma'lumotga köra xorijdan import qilingan qoramollarning katta qismi respublikada mavjud bölgan qoramollarning genofondini yaxşilaş va zotini köpaytirişga möljallangan.

Özbekiston 2019 yilda qoramol importini 2018 yilga nisbatan 2,6 baravarga yoxud 145,7 ming boşga, pul körinişida aytilganda 122,5 mln dollargaça köpaytirgan. Jumladan, birgina Qozoğistondan 2019 yilda olib kelingan qoramollar 2018 yilga nisbatan 3,1 baravar yoki 120,3 ming boşga, pul qiymatida esa 69 mln dollarga oşgan.

Mamlakatda 2020 yil yanvar-iyun oylarida qoramollar soni 356,5 ming boşga yoki 2,7 foizga, şu jumladan, sigirlar soni 152,7 ming boşga yoki 3,3 foizga kamaygan.

2020 yilning birinçi yarmida respublikada mol göşti narxi örtaça 7,7 foizga, 2019 yilning şu davriga nisbatan esa 4,2 foizga qimmatlagan. Suyaksiz mol göşti narxi 8,3 foizga, qöy göşti narxi esa 10,3 foizga kötarilgan.