Davlat statistika qömitasi 2020 yilning birinçi yarim yilligida Özbekiston Respublikasining sanoat işlab çiqarişi körsatkiçlarini e'lon qildi.
Işlab çiqariş sanoatida ötgan yilning mos davriga nisbatan soliştirganda yengil avtomobillar — 1,2 marta, avtomobil dvigatellari — 1,2 marta, avtomobil benzini — 1,1 marta, yurgizuvçi ğildiraklar, ularning qismlari va jihozlari — 1,1 marta, radiatorlar, şovqin söndirgiçlar va çiqariş quvurlari, ulovçi mexanizmlar, rul çambaraklari, rul kolonkalari va mexanizmlarining karterlari va ularning qismlari — 1,4 martaga oşdi.
Masalan, 2019 yilning yanvar–iyun oylarida 120 005 dona işlab çiqarilgan bölsa, joriy yilda bu körsatkiç 143 455 donani taşkil etgan.
Avtomobil işlab çiqariş sanoatida 2020 yil yanvar–iyun oylarida körsatilgan natijalar:
· 35 050 dona «Nexia T-250» (ötgan yilning mos davriga nisbatan — 99,9 foiz);
· 37 682 dona «Cobalt» (154,2 foiz);
· 26 047 dona «Lacetti-Gentra» (133,0 foiz);
· 26 687 dona «Damas» (115,8 foiz);
· 14 511 dona «Spark» (160,4 foiz);
· 3 478 dona «Labo» (90,7 foiz).

















